Ijodiy imtihon topşiruvçilar uçta yönalişni tanlay olmaydi
Kasbiy (ijodiy) imtihon topşiradiganlar uçta yönalişni tanlay olmaydi
Yuqoridagi postga qöşimça sifatida şuni aytiş kerakki, uçta yönalişni tanlaş huquqi faqat test sinovlari topşiriladigan OTMlar uçun amal qiladi, xolos.
Hozirça kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkaziladigan yönalişlar uçun bunday imkoniyat yöq.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkaziladigan yönalişlar 2 ta toifaga bölinadi.
1-toifa: alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yönalişlari bölib, ularda umuman test sinovlari ötkazilmaydi, faqat kasbiy (ijodiy) imtihonlar böladi. Bunday yönalişlar soni 17 ta bölib, töliq röyxat mana bu yerda berilgan.
2-toifa: ham test, ham kasbiy (ijodiy) imtihonlar böladigan yönalişlar. Bunday yönalişlarning soni 23 ta bölib, töliq röyxat mana bu yerda berilgan.
Keçagi körsatuvda aytilişiça, yuqoridagi ikkala toifaga kiruvçi barça yönalişlar uçun bir neçta yönalişni tanlaş imkoniyati berilmaydi. Yaʼni jurnalistika yoki sanʼatşunoslik yönalişiga topşirsangiz, unda qöşimçasiga boşqa birorta yönalişni (OTMni) tanlay olmaysiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

