Uçta OTM tanlaş tartibi qanday böladi

Matn12-iyun, 2020, 14:522 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Uçta OTM tanlaş tartibi qanday böladi?
#abituriyent

Ötgan yildan boşlab, qabul jarayonlariga kiritilgan eng katta özgarişlardan biri, bu - abituriyentlarga bir neçta OTMlarga hujjat topşiriş imkonining yaratilgani böldi. Ötgan yili uşbu jarayonlarni amaliyotdan ötkazib olişdi va ança-munça maʼlumotga ega bölişdi.

Şunday bölsada, yana bir marta uçta yönalişni tanlaş tartibi haqida qisqaça tuşuntirmoqçiman.

Abituriyentlar hujjat topşirayotgan paytda, 3ta yönalişni ustuvor ketma-ketlikda belgilaydi.

Yaʼni birinçi, ikkinçi va uçinçi yönaliş sifatida qaysi OTMlarni tanlaganini oldindan belgilaşadi.

Bunday vaziyatda abituriyent ustuvor yönalişga kira olmagan taqdirdagina keyingi yönalişda omadini sinab körişi mumkin. Agar xoh kontrakt, xoh grant bölsin, ustuvor yönalişga töplagan bali yetsa, unda keyingi yönalişlar uçun ballari hisobga olinmaydi va tanlovda iştirok eta olmaydi.

Ortiqça savollar bölmasligi uçun, misol tariqasida tuşuntiraman.

Aytaylik, farğonalik abituriyent tarix yönalişi böyiça quyidagi ketma-ketlikda OTMlarni tanladi deylik:

1-yönaliş: ÖzMU
2-yönaliş: Şarqşunoslik universiteti
3-yönaliş: FarDU

Abituriyent test sinovlaridan umumiy 150 ball töpladi, deylik. Bu ball ÖzMUga kontrakt, TDŞU va FarDUga esa byudjetga yetarli bölsa, unda abituriyent qaysi birini tanlaşi mumkin? Şarqşunoslikning byudjetini tanlasa böladimi?

Yöq, bölmaydi! Bunday vaziyatda abituriyentda tanlov imkoniyati yöq, u ustuvor yönaliş sifatida 1-örinda ÖzMUni belgilagani uçun, şu yerning kontraktiga kirgan hisoblanadi, qolgan 2ta yönaliş inobatga olinmaydi. Qaçonki u ÖzMUga yetarli ball töplay olmasagina, keyin Şarqşunoslikka ötiladi. Agar abituriyent bali ÖzMU va Şarqşunoslikka ham yetarli bölmagan taqdirdagina, keyin FarDU inobatga olinadi.

Yaʼni ustuvor OTMga kira olmasagina, ball keyingisiga ötadi. Agar ustuvor OTMga yetarli ball töpladimi, tamom, u xoh budjet, xoh kontraktga kirgan bölsin, keyingi OTMlarga inobatga olinmaydi, şu yerda töxtaydi.

Xullasi kalom, abituriyentga tanlov imkoniyati hujjat topşiriş vaqtida beriladi. Öşa paytda u OTMlar röyxati va ularning ketma-ketligini töğri tanlaşi kerak, test ötgandan keyin unda tanlov yoki özgartiriş imkoni bölmaydi.

Joriy yilda qabul jarayonlari onlayn bölişini inobatga olsak, abituriyentlar yönaliş tanlayotganda masʼuliyat bilan yondoşişlari kerak böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek