Kogondagi paxta terayotgan öquvçilar voqeasi tafsilotlari
Kogondagi paxta terayotgan öquvçilar voqeasining yangi tafsilotlari maʼlum böldi.
Uşbu voqea 3 yil paxta rejasini bajara olmagani uçun fermer xöjaligining yeri olib qöyilgani sababli hokimdan alamzada bölib yurgan fermer tomonidan uyuştirilgan ekan.
Dam oliş kunlari paxta dalalaridagi terimçi ota-onalari oldiga kelgan bolalarni aldab suratga olib, hokimdan öç oliş maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganini sobiq fermerning özi tan olibdi.
“Şu munosabat bilan yurtdoşlarimiz, fermer xöjaliklari va ularga astoydil haşarga çiqqan otryadlar terimçilari, qolaversa, ijtimoiy tarmoq orqali men tomonimdan “ayblangan” öğil-qizlarimiz, ularning ota-onalari, ular tahsil olayotgan 15-son umumtaʼlim maktabi öqituvçi-murabbiylaridan uzr sörayman”, - debdi hozirda mahalla raisi bölib işlayotgan sobiq fermer.
- 👍 1

