Cotton Campaign özbek paxtasi boykotini bekor qilişi mumkin
Cotton Campaign: Özbekiston töqimaçilik mahsulotlariga qarşi “boykot”ni bekor qiliş mumkin
Yodingizdami, ötgan yili sentabr oyida AQŞ mehnat vazirligining özbek paxtasiga sanksiyalarni nima sababdan bekor qilgani haqida kiçik tahliliy post eʼlon qilgandim. Agar hali öqimagan bölsangiz, unda bir köz yugurtirişni tavsiya qilaman.
https://t.me/xushnudbek/1067
Öşanda AQŞ Mehnat vazirligining «paxta amnistiyasi» ahamiyati jihatidan eng quvonarli xuşxabarlardan biriligi va endi Özbekiston oldida «Cotton Campaign» (Kotton Kampeyn) xalqaro taşkiloti eʼlon qilgan yana bir yirik sanksiyani bekor qiliş vazifasi turgani haqida fikr bildirgandim.
Bugun Taşqi işlar vazirligida şu mavzuga oid bir xabar çiqdi. 2019-yilning 4-fevral kuni Boş vazir örinbosari Tanzila Norboyeva boşçiligida Vaşingtonga işçi taşrifi bilan borgan delegatsiya Özbekiston töqimaçilik mahsulotlariga qarşi “boykot” taşabbusçisi Cotton Campaign xalqaro koalitsiyaning yiğilişida iştirok etgan.
Yiğilişda huquqni muhofaza qiliş taşkilotlari, işlab çiqaruvçilar uyuşmalari, riteylerlar va AQŞ kasaba uyuşma tuzilmalari vakillari qatnaşgan.
Cotton Campaign saytida ham bu haqida katta xabar eʼlon qilindi, garçi bizda ularning sayti bloklangan bölsa-da, lekin VPN bilan oçadi, bu heç kimga muammo emasku hozir :).
Xabarda aytilişiça, Özbekiston hukumatining yuqori martabali vakillari bilan tarixida ilk bor AQŞda muzokaralar taşkil etilgan. Muzokaralarda Tanzila Kamalovnadan taşqari, mehnat vaziri Şerzod Kudbiyev, “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi rahbari Ilhom Haydarov va AQŞdagi elçimiz Javlon Vahobov ham iştirok etgan.
“Özbekiston hukumati ön yilliklar davomida avj olgan majburiy mehnatni tugatiş majburiyatini olgani bizni ruhlantiradi va biz hozirgi kunga qadar amalga oşirilmaydigan bu tarixiy vazifaning köp jihatlariga eʼtibor qaratmoqdamiz”, - degan Kotton Kampeyn asosçisi Bennet Freeman.
Munozara kun tartibidagi eng asosiy mavzulardan biri 310 ta jahon brendi tomonidan eʼlon qilingan “paxta boykot”ini töxtatiş masalasi edi.
Uçraşuvda bu boykot doimiy emasligi va u qayta körib çiqilişi mumkinligi qayd etilgan. Şu nuqtai nazardan koalitsiya vakillari 2019-yilgi paxta mavsumida majburiy mehnatga çek qöyiş işlarida yanada ösişga erişişga umid bildirişgan.
Albatta, mazkur xabar ham biz uçun ançayin quvonarli. Işonamizki, tez orada körilayotgan çoralar öz samarasini berib, Özbekiston töqimaçilik sanoatiga va paxtasiga qöyilgan sanksiyalar töliq olib taşalanadi.
Bu ikki tomondan foyda: 1-dan, iqtisodiy daromad, 2-dan, bahonada xalq majburiy mehnat balosidan batamom qutiladi.
Kotton Kampeyn özi qanaqa taşkilot ekanligiga qiziqqan bölsangiz, unda mana bu yerda taşkilot va uning maqsadi haqida imkon qadar töliqroq maʼlumot berişga harakat qilganman: https://t.me/xushnudbek/1068
Cotton Campaign saytida aytilişiça, öşa kungi yiğilişda Turkmanistonning paxta sanoati masalasi ham körilgan. Kotton Kampeyn rasmiylari qöşnilarimizda ahvol ança yomonligi, şu sababli kiyim-keçak brendlaridan turkman paxtasiga boykot elon qiliş söralgani, bu borada 8-fevral kuni Nyu-Yorkda yirik investorlar iştirokida brifing ötkazilgani taʼkidlangan. Va xabar sönggida Turkmaniston majburiy mehnatga barham berişda qöşni Özbekistondan örnak olişi kerakligi alohida qayd etilgan.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

