OTMlarda yangi 5 ballik baholaş tizimi tasdiqlandi

Matn27-sentabr, 2018, 10:092 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Nihoyat OTMlarda yangi baholaş tizimi tasdiqlanibdi

Öquv yili boşlanganiga salkam 1 oy tölay deganda, oliy taʼlim 100 ballik reyting tizimidan 5 baholik tizimga rasman ötdi. Bu haqida "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

2 haftalar oldin kanalimda aynan şu masalani kötarib çiqqan edim, yaʼni nima uçun haligaça baholaş tizimi tasdiqlanmayapti, axir öquv jarayonlari boşlanib ketdiku, deb. Mayli, heçdan köra, keç deyişadiku, asosiysi Nizom rasman kuçga kiribdi (taʼlimdagi keçikişlar haqida alohida maqola yozgim bor).

Demak, Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qiliş va baholaş tizimi töğrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazilibdi. Nizomga muvofiq:

👉 talabalar bilimini nazorat qiliş oraliq va yakuniy nazorat turlarini ötkaziş orqali amalga oşiriladi (joriy nazoratlar bekor qilindi);

👉 oraliq nazorat har bir fan böyiça 2 martagaça ötkazilişi mumkin;

👉 yakuniy nazorat turi semestr yakunida (tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida fan yakunida) ötkaziladi;

👉 talabalarning bilimi 5 ballik tizimda baholanadi;

👉 tegişli fan böyiça öquv maşğulotlarini olib borgan professor-öqituvçi yakuniy nazorat turini ötkazişda iştirok etişi taqiqlanadi;

👉 oraliq nazoratni topşirmagan yoki “2” baho olgan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi;

👉 yakuniy nazoratga kirmagan yoki kiritilmagan, şuningdek uşbu “2” baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi;

👉 bir kunda 1 tadan ortiq fan böyiça yakuniy nazorat turi ötkazilmaydi;

👉 baholaş natijasidan norozi bölgan talabalar natija eʼlon qilingan vaqtdan boşlab 24 soat davomida fakultet dekani tomonidan taşkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya beriş huquqiga ega.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek