OTMlar reytingi bekor qilinmaganligi maʼlum qilindi
Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi: OTMlar reytingi bekor qilinmagan, Adliya vazirligining barça vajlari ham haqiqatga töğri kelmaydi
Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi Taʼlim muassasalari milliy reytingi böyiça qöşma qaror ijrodan qaytarilganligi böyiça berilgan maʼlumotga öz munosabatini bildirdi.
Munosabatda aytilişiça, haqiqatdan ham, Adliya vazirligi tomonidan qöşma qaror röyxatdan ötkazilmaganligi sababli uni ijrodan qaytariş böyiça körsatmalar berilgan. Lekin Adliya vazirligining Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasiga yöllagan rasmiy xatida, reyting metodikasi, körsatkiçlariga nisbatan heç qanday eʼtirozlar keltirilmagan.
Bundan taşqari, bir qator OAVlar tomonidan reyting natijalari bekor qilinişi böyiça berilgan xabarlar asossiz ekanligi taʼkidlab ötilgan.
Şuningdek, Adliya vazirligining rasmiy saytidagi xabarda ham reyting natijalari bekor qilinganligi töğrisida heç qanday maʼlumot berilmagan.
Inspeksiya Adliyaning xabarida berilgan ayrim jihatlarga aniqlik kiritgan.
Birinçidan, rasmiy reytingni belgilaş böyiça tegişli normativ-huquqiy bazaning yöqligi haqidagi vajga Inspeksiya unça qöşilmaydi. Çunki Vazirlar Mahkamasining 29.12.2012y.dagi 371-sonli qarori bilan OTMlarning reytingini hisoblaş mezonlari tasdiqlangan bölib, Davlat inspeksiyasi tomonidan hisoblangan reytingning aksariyat indikatorlari aynan şu qarorda mavjud.
Qarorga özgartiriş kiritişdan oldin, joriy yilda tajriba-sinov tariqasida reyting hisoblaşgan.
Ikkinçidan, barça OTMlar ham reyting rasman naşr etilguniça ötkazilgan tadqiqot va reyting natijalari haqida xabardor bölmaganligi ham notöğri.
Çunki Davlat inspeksiyasi 2018-yil yanvar oyida barça OTMlarga reyting indikatorlari haqida takliflar sörab murojaat qilgan.
Aprel oyida metodika töğrisidagi maʼlumotlar rasmiy sayt va Feysbukda eʼlon qilingan.
Reyting natijalarining eʼlon qilinişidan 3 hafta avval, Davlat inspeksiyasi tomonidan rasmiy xat bilan har bir OTMga ularga tegişli dastlabki xulosalar tanişiş uçun rasman taqdim etilgan va OTMlarga eʼtirozlar bölsa asoslantiruvçi hujjatlarni taqdim etiş imkoniyati berilgan.
Uçinçidan, reytingda foiz körsatgiçlariga emas, son körsatgiçlariga qaratilganligi vaji ham haqiqatga töğri kelmaydi, demoqda Inspeksiya.
Reytingni aniqlaşda OTMlar faoliyatidagi yutuqlarning har bir professor-öqituvçiga yoki talabaga töğri keladigan uluşi (%da) hisobga olingan.
Törtinçidan, tadqiqot bir yoqlama va faqat oliy öquv yurtlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil etişdan iborat bölib qolganligiga ham qöşilib bölmaydi.
Reyting tizimida professor-öqituvçilarning ilmiy faoliyatiga 34%, öquv-uslubiy işlar va öqitiş sifatiga 30%, talabalar bilimi va bitiruvçilar sifatiga 28%, faoliyatda AKTni qöllaş va moddiy-texnik taʼminlanganlikka 8% ajratilgan. Körinib turibdiki, tadqiqot faqatgina ilmiy-tadqiqot natijalariga asoslanmagan.
OTMlar reytingini belgilaşda belgilangan mezonlar xalqaro tajribalarga asoslangan, xususan Times Higher Education, QS World University Rankings, BGU, U-Multi rank kabi xalqaro reyting agentliklarining amaldagi indikatorlariga mos keladigan indikatorlar milliy reytingda ham mavjud.
Taʼlim muassasalari reytingini aniqlaş Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori bilan Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasiga vazifa qilib topşirilgan.
Şuning uçun, joriy yilda eʼlon qilingan natijalar öz kuçida qolişini maʼlum qilamiz, deydi Inspeksiya.
Bundan taşqari, reyting oliy taʼlim tizimidagi holatni aks ettiruvçi közgu ekanligini va uning natijalari informativ xarakterda bölişini eslatib ötamiz. Reyting natijalari OTMlarga nisbatan çora körilişini nazarda tutmaydi, ular faqatgina OTMlarga kelgusidagi faoliyatini belgilaşga yordam berişi mumkin, - deyiladi rasmiy munosabatda.
P.S.: Davlat organlarining matbuot orqali munozaraga kirişişini kuzatiş qanday ajoyib. Adliyadan javob kutamiz :)
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

