OTMlar reytingi Adliya vazirligi tomonidan bekor qilindi
Adliya vazirligi taqdimnomasi asosida OTMlar reytingi bekor böldi
Xabaringiz bor, yaqinda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi va Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan respublikamizdagi 57 ta oliy taʼlim muassasalari reytingi tuzib çiqilgan edi.
Bu reyting ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy eʼtirozlarga sabab bölgaç, Adliya vazirligi reyting belgilaş jarayonini örganibdi va quyidagi jiddiy nuqsonlarni aniqlabdi:
👉 reyting belgilaş böyiça normativ-huquqiy baza yöq, yaʼni birorta huquqiy asosi belgilanmagan;
👉 2 taşkilotning qöşma qarori esa Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va davlat röyxatidan ötkazilmagan. Şu bois, u yuridik kuçga ega emas va heç qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi;
👉 reyting natijalarini tuzişda noaniqlik va oşkorasizlik bölgan;
👉 xususan OTMda dars beradigan xorijiy öqituvçilar indikatorini hisoblaşdi hattoki “bir kunlik”, “bir haftalik” xorijiy mutaxassislar ham hisobga olingan;
👉 reytingda foiz körsatgiçlari emas, son körsatgiçlari inobatga olingan. Bu öz-özidan, köp sonli fakultetlar, pedagoglar va talabalarga ega bölgan OTMlarga ustunlik bergan;
👉 garçi OTMlarning barça yönalişlarini kompleks va har tomonlarma örganişda (öquv jarayonini taşkillaştiriş, öquv-uslubiy hujjatlar sifati, talabalar qoniqqanligi, işga joylaşiş darajasi, iş beruvçilarning bahosi) obyektiv tösiqlar bölmasada, tadqiqot bir yoqlama va faqat OTMlarning ilmiy-tadiqot faoliyatini tahlil etişdan iborat bölib qolgan;
👉 barça OTMlar ham reyting rasman naşr etilguniça ötkazilgan tadqiqot va reyting natijalari haqida xabardor bölmagan. Bu öz navbatida, tadqiqotning ayrim jihatlarini körib çiqiş va aniqlaş imkonsizligiga sabab böldi;
👉 bunday yondaşuv umumqabul qilingan xalqaro standartlar va tamoyillarga, xususan, Reyting böyiça xalqaro ekspert guruhi (International Ranking Expert Group, IREG) tomonidan tasdiqlangan Oliy öquv yurtlari reytingini belgilaş böyiça Berlin prinsiplariga töğri kelmaydi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


