Qöşni 10-qavatdan tuşib ketayotgan bolani qutqarib qoldi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzКеча Қозоғистонда қаровcиз қолган 7 яшар болакай 10-қаватдан тушиб кетаётганда шукрки қўшниси ушлаб қолган! Болаларни қаровсиз қолдирманг Каналга уланиш https:…Voqea qanday bölgan?
Xabar qilinişiça, hodisa keça, 25-sentabr kuni sodir bölgan. Uyning 10-qavatida yaşaydigan bolakay uyda yolğiz qolgan. U köçaga çiqmoqçi bölgan, ammo eşik yopiq bölgan. Şundan söng u oynaning haşoratlardan saqlovçi törini yirtmoqçi bölib yiqilib ketgan va karnizga osilib qolgan.
Odamlar osilib turgan bolakayni körib, yordamga şoşilişgan. Guvohlarning aytişiça, 10-qavatga çiqiş foydasizligini anglab yetişgaç, adyol tutgança pastda turişgan.
Bir qavat pastda yaşovçi qöşni Artem Karev esa tasodifan şovqinni eşitib ayvonga çiqqan va osilib turgan bolani körgan. Bola tuşib ketayotganda esa uni uşlab qolgan.
«Birinçi bor şunday holatga tuşişim. Yaxşilab örnaşib olib qölimni unga töğriladim. U 15 soniyaça osilib turdi va tuşib ketdi. U mening qavatimgaça uç metrça tuşguniça uni muvaffaqiyatli uşlab qola oldim», — deydi Artem. Aytişiça, öşa kuni u uçun dam oliş kuni bölgan.
Bola qutqarilişi bilan voqea joyiga öt öçiruvçilar yetib kelişgan. Unga tibbiy yordam körsatiş zaruriyati tuğilmagan. Bola ota-onasiga topşirilgan.
Iltimos, hurmatli ota-onalar, bolalarni yolğiz va qarovsiz qoldirib ketmang.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 1

