Paxta uçun nafaqaxörlardan uşlangan pullar qaytarildi

Matn13-sentabr, 2018, 18:572 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Paxta uçun nafaqaxörlardan uşlab qolingan pullar qaytarildi

Xabaringiz bor, majburiy mehnatga qarşi kuraşiş maqsadida jamoatçilik nazorati loyihasi sifatida @paxta2018_bot maxsus bot taşkil qilgan edik.

Eng avvalo işonç bildirib, bot orqali xabar yöllayotgan fuqarolarimizga minnatdorlik bildiramiz. Ular joylardagi qonunbuziliş holatlarining oldini olişga yordam berişyapti.

Botdan kelib tuşgan har bir murojaat tegişli taşkilotlar tomonidan jiddiy örganib çiqilmoqda.

Masalan, keça Yangiyöl şahrida pensionerlarning pensiyasidan paxta uçun pul uşlab qolişganligi haqida murojaat kelib tuşgan edi.

Bugun Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan uşbu murojaat örganib çiqildi.

Yangiyöl şahar hududidagi 15 ta mahallada nafaqa oluvçi fuqarolardan noqonuniy ravişda paxta yiğim terimi uçun pul mablağlari yiğilayotganligi holati aniqlanmadi.
Biroq, örganişda Yangiyöl şahar, “Yangiboğ” M.F.Y. raisi A.R. va masʼul kotibi X.B.lar tomonidan paxta terimi uçun nafaqa oluvçi fuqarolardan pul mablağlari yiğilganligi maʼlum böldi.

Jumladan, murojaatda keltirilgan vajlarni tekşiriş davomida “Yangiboğ” M.F.Y. raisi A.R.ning paxta yiğim terimiga vodiydan jalb qilingan terimçilar uçun mahallaning har bir xonadondan 25 ming sömdan pul yiğiş töğrisidagi topşiriğiga asosan M.F.Y. masʼul kotibasi X.B. nafaqa tarqatilişi vaqtida nafaqaxörlardan 25 ming sömdan pul yiğilganligi va uyiga olib borib qöyganligi aniqlangan.

X.B. tomonidan nafaqaxörlardan paxta yiğim terimi uçun yiğilgan jami 1.586.000 söm naqd pullar va pul bergan nafaqaxörlarni röyxati tuzilgan daftar taqdim etildi.

Uşbu daftar közdan keçirilganda jami 71 nafar fuqarolardan 1.470.000 söm yiğilganligi haqida maʼlumotlar borligi aniqlandi.

Mazkur mahalla fuqarolar yiğinidagi 71 nafar fuqarolarning 54 nafaridan tuşuntiriş xati olinganda, ularning 33 nafari öz xohişi bilan pul berganligini tasdiqlagan.

Bundan taşqari, örganiş davomida Yangiyöl şahar “Mahalla xayriya jamoat fondi” raisi A.A. 2018-yil paxta yiğim terimi uçun 15 ta M.F.Y. raislari bilan ötkazilgan yiğilişda Farğona viloyatidan jami 150 nafar terimçi olib kelişga kelişilgani, 2018-yil sentabr oyi boşlarida 15 ta mahalla fuqarolar yiğinlari raislaridan 1.000.000 sömdan jami 15.000.000 söm pul yiğilib, Farğona viloyati Oltiariq tumanidan terimçilar bilan 750.000 sömdan kelişib, avans tariqasida har biriga 100.000 sömdan berib kelinganligi, uşbu pullarni paxta yiğim terimiga çiqişni xohlamagan uyuşmagan aholidan va homiylar hisobidan yiğib olib berişni rejalaştirilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekşiriş harakatlari davom etmoqda.

Yana bir bor eslatamiz: agar sizda ham majburiy mehnatga oid maʼlumotlar bölsa @paxta2018_bot maxsus boti orqali xabar berişingizni söraymiz.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek