Pora beruvçilarni qölga tuşiriş işlari davom etmoqda
Manba:Daryo — LIVE
Pora beruvçilarni qölga tuşiriş işlari davom etmoqda
Vobkentlik Ş.X. jamoat joyida spirtli içimlik içgani uçun militsiya tomonidan uşlangan, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Ş.X. «şu işlarning nima keragi bor, yaxşilikça kelişaylik», degan-da, 11-sentabr kuni maʼmuriy bayonnomani ham, iş böyiça töplangan hujjatlarni ham yöq qilib beriş evaziga militsiya xodimiga 50 ming söm pora taklif qilgan. Militsioner Ş.X.ni nima deb umidlantirganini bilmaymiz, lekin 50 ming sömni olişdan avval bu holat haqda rahbariga axborot bergan. Şu bois Ş.X. militsiya xodimiga 50 ming söm pulni uning xizmat xonasida berayotgan vaqtida qölga olingan.
11-sentabr kuni Çiroqçi tuman IIB xodimiga Kişmiştepa mahalladan J.T. murojaat qilib, bir «işkali» borligi, şuni hal qilib berişni iltimos qilgan va buning evaziga militsionerga 450 ming söm taklif qilgan. Bu holatda ham militsioner işi hal bölişidan umidvor insonga nima deganini bilmaymiz, lekin IIV axborotiga köra, u bu haqda öz rahbariga axborot bergan. Şu bois J.T. 12-sentabr kuni, xodimga 450 ming söm pulni uning xizmat xonasida uzatayotgan vaqtida qölga tuşirişgan. Har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandlik 29 yoşlik Şeroz maşinani boşqariş vaqtida telefondan foydalangani uçun 12-sentabr kuni Toşkentda yöl inspektori tomonidan töxtatilgan. Şeroz «aka, qöying, kelişaylik», deyavergan, militsioner esa kelişmasligini, baribir maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirişini bildirgan. Şunda, militsioner bayonnomani töldirayotganida, haydovçi 28 ming söm pulni inspektorning maşinasiga taşlab qöygan. Uşbu holat böyiça Jinoyat kodesining 211-moddasi («pora beriş») böyiça jinoyat işi qözğatilgan — Şeroz endi yo salkam 10 million sömgaça jarima tölaydi, juda aksiga olsa, beş yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi ham mumkin. Atigi 28 ming (yigirma sakkiz ming) sömni deb — yomon-a?
Avvallari nuqul pora olgan xodimlar (nafaqat militsiyada) qölga tuşgani haqida öqirdik. Endi pora berayotganlar ham qölga olinayotgani haqida kunda-kunora xabar berilyapti (aytişlariça, keyingi ikki oy davomida militsionerlarga pora bermoqçi bölgan 20 yaqin fuqaro qölga olingan). Sababi oddiy — huquq-tartibot organlarida pora beruvçilarga qarşi jang boşlangan. Pora beruvçi fuqarolarni tutib bergan xodimlarga esa moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş, lavozimlar ham vaʼda qilingan. Mana, kuni keça Buxoroda uç pora beruvçini tutib bergan uç militsionerga mukofot pullari tarqatildi. Şunday ekan, «işkal işimni puli (porasi)ni berib hal qilaman», deb qopqonga tuşib qolmang.
- 👍 1

