Majburiy obuna va iş haqidan uşlab qoliş tartibi
Majburiy obuna balosidan qaçon qutilar ekanmiza? Har kuni önlab şu kabi xatlar olaman. "Oylik iş haqimdan obunaga uşlab qolişdi, şu mumkinmi?" degan mazmunda.
Mana hozirgina Andijon viloyatidagi tibbiyot birlaşmasida işlaydigan bir ayol telefon qildi. "Yolğiz onaman, özim 2-guruh nogironiman. Katta öğlim va kelinim kontraktda öqiydi, mening maoşim, öğlimning maoşi va stipendiyasi hamda kelinimning maoşiga 5 kişi kun keçiramiz. Işxonamda 2-yarim yillikning obunasi uçun oyligimdan pul uşlab qolişyapti. Rahbarlarga Xudoni zorini qildim, iltimos uşlab qolmanglar, 100 ming pul ham men uçun tilloga teng, deb. Lekin quloq solişmadi. Farzandini kontraktiga pul ötkazayotgan xodimlardan heç narsa uşlab qolinmaydi, deb eşitgandim, obunaga uşlab qolişlari töğrimi?"
Bu yerda opamiz 26 yoşga tölmagan farzandining kontrakti uçun oylikdan ötkazilganda daromad soliği uşlanmasligi haqidagi qoidani nazarda tutmoqdalar. Eʼtiborli tomoni, sodda xalqmizda - agar kontraktga pul ötkazmaganlarida obuna ham majburiy, tölaşga majburmiz deb, indamay ketaverardilar.
OBUNA MAJBURIY EMAS!
HEÇ KIM SIZNING OYLIK IŞ HAQINGIZDAN OBUNA UÇUN UŞLAB QOLIŞIGA HAQQI YÖQ!
Faqat Sizning roziligingiz bilangina obuna uçun uşlab qoliş mumkin. Şu sababli, mabodo rozi bölmasangiz, biror hujjatga imzo qöymang (sababi köp joylarda aldab, qörqitib, yalinib imzo qöydirib olişadi).
Meni bir narsa qiziqtiradida, yaqin 50-100-yillarda faqat majburiy obunadan kun körişga örgangan, lekin özi öqiş tugul, boşqa işga ham arzimaydigan ayrim gazeta va jurnallarimiz öz qilmişlaridan uyalib, vijdoni qiynalib, gazetalarni öz xohişlari bilan yopişarmikin yoki şunaqa xalqni puliga mazaxörak bölib yuraverişarmikin...
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
