Namanganda tovlamaçi Telegram kanal adminlari qölga olindi

Matn29-may, 2018, 22:161 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Ayrim Telegram kanali adminlari tovlamaçilik yöliga ötişibdi

Olingan maʼlumotlarga köra, Telegramdagi “Namanganliklar” va “Namangan-cars” kanali adminlari O.T., M.A. va J.B.lar özaro til biriktirgan holda Namangan şahridagi “Sohil” kafesi rahbaridan tovlamaçilik yöli bilan 600 AQŞ dollari olgan paytda qölga olingan.

Voqea tafsilotlariga köra, avvaldan yollangan bir guruh ayollar kafega kirişib ovqatdan tarakan çiqqanligini aytib janjal qilişgan va videoga olişgan hamda videoni “Namanganliklar” kanali adminiga olib borib berişgan.

Kanal adminlari esa öz kanalida 100 ming aʼzo borligi, agar videoni kanalga çiqarsa, mijozlar oşxonaga kelmay qöyişi haqida qörqitib, kafe egasidan pul talab qilişgan.

Kafe egasi tegişli taşkilotlarga xabar bergandan söng, tovlamaçilikda gumon qilinayotgan adminlar 600 AQŞ dollarini olayotgan paytda qölga olingan.

Hozirda suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Biroz avval öşa kanalda quyidagiça xabar çiqdi:
“Namanganliklar kanali bugundan e'tiboran noqonuniy faoliyat olib borganligi sababli óz faoliyatini tugatdi.”

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek