Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qiliş tartibi
Xorijiy davlatlarda olingan diplomlarni Özbekistonda kuçga ega yoki ega emasligi haqida köp söraşadi. Albatta bu muammoni diplomlarni nostrifikatsiya qiliş bilan yeçiş mumkin.
Ilgari xorijiy davlatlarda olingan diplomlarni nostrifikatsiya qiliş vakolati Davlat test markaziga berilgan edi. Hozirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi şuğullanadi.
Yana bir yangiliklardan biri, nostrifikatsiya uçun arizani inspeksiya saytidan onlayn beriş ham mumkin. Ovora bölib, boriş şart emas.
Inspeksiya bergan xabarga köra, 2018-yilning 1-yarmida 441 ta diplom nostrifikatsiya qilingan. Ötgan yil xuddi şu payt 264 ta bölgan ekan.
Eng köp diplom Qirğiziston (34,4%) va Tojikiston (33,2%) davlatlaridan nostrifikatsiya qilinibdi.
Qolgan maʼlumotlar pastdagi infografikada körsatilgan.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


