Tonirovkadan tuşgan pullar qayerga işlatiladi

Matn17-iyul, 2019, 11:593 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Tonirovkadan tuşgan pullar qayerga işlatiladi?

Aytgança, mavzu oçilganda yana bir narsani eslatib ötişimiz zarur. Xalq buni bilişi kerak.

Köpçilik tonirovka haqida gap ketganda «davlat byudjeti» degan jumlalarni işlatmoqda. «Davlat bunça foyda qilmoqçi, byudjetga bunça pul tuşirmoqçi» degan fikrlarni öqib, aslida tonirovkadan tuşgan pullar nimaga sarflanişi haqida maʼlumot berişni joiz deb bildim.

Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018-yildagi qarorining 2-bandida tonirovkadan tuşgan pullar qayerga sarflanişi aniq körsatilgan. Demak, tuşgan mablağlar quyidagilarga maqsadli yönaltiriladi:

👉 Içki işlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantiriş, xodimlarini moddiy rağbatlantirişga va boşqa xarajatlar Maxsus jamğarmasiga;
👉 DYHXX moddiy-texnika bazasini rivojlantirişga;
👉 DYHXX xodimlarini ijtimoiy rağbatlantirişga;
👉 keyinçalik «Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlar körsatiş markazi» DUKning tonirovka qiliş bilan boğliq xarajatlarini qoplaşga.

Şuningdek, qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida IIV tonirovkaga ruxsatnoma beriş va tonirovka qilişdan tuşadigan mablağlarni hisobga ötkaziş uçun vazirlikning Maxsus jamğarmasida alohida bank hisob raqamini oçgan.

Körib turganingizdek, tonirovkadan tuşgan pullarning bir tiyini ham davlat byudjetiga ötkazilmaydi. Demakki, tonirovkaning pullaridan maktablar qurilmaydi, şaharlar obod bölmaydi, «Obod qişloq» yoki «Obod mahalla» loyihalariga sarflanmaydi, öqituvçi yoki şifokorlarning maoşi yoki keksalarimizning pensiyalari oşirilmaydi va h.k.

Umuman bu pullar davlat byudjetiniki – oddiy xalqniki emas. Tuşgan pullar faqat va faqat içki işlar organlarining maxsus jamğarmasiga tuşadi, tizimni rivojlantiriş uçun sarflanadi, IIO xodimlarining oyligini oşirişga işlatiladi.

Ha, töğri, ular ham bizning ota-onalarimiz, akalarimiz va opalarimiz – şu xalqimizning ajralmas bir bölagi. Marslik emas, biz uçun begona emas.

Lekin hisobimga pul tuşar ekan, oyligimiz oşar ekan deb, mantiqsiz va kulgili taqiqlar qöyiş ortidan jaziramada jizğanak bölayotgan millionlab odamlar ham şu xalq vakili ekanligini unutmaylik.

Içki işlar vazirligi masʼullari uşbu postimga eʼtiroz bildirişlari mumkin, «Uyalmaysanmi, nega içki işlar xodimlarining moddiy ahvolini öylamaysan, biz ham xalqmizku» deya. Lekin keçirasizlaru, tonirovkadan tuşum kamayib ketmasligi uçun tonirovka va pardaga jarimani 200 ming sömdan 5 mln sömga (25 baravar!) kötarişni taklif qilayotganda Sizlar nima uçun xalqni öylamadingiz?! Faqat özingizga tuşadigan pullarni öylab, oddiy xalqni öylamaganlar uyalişi kerak emasmi aslida?

Berilayotgan takliflarga eʼtibor bersak, heç kim tekin tonirovka söramayapti (bu befoydaligini tuşunib yetdik). Şu narx ölgurni 18-20 mln söm qilmasdan, yiliga 2 minimalka (446 ming söm) qilib qöygan taqdirda ham, içki işlarning Maxsus jamğarmasiga hozirgidan köproq pul tuşişi, ularning mukofotlariyu, ustama pullari hozirgidan ham köproq oşişi mumkinligini aytyapmiz.

Şuni tuşuniş nahotki qiyin bölsa?

❗️Qissadan hissa şuki, tonirovkani davlat yoki hukumat öziga pul topiş uçun öylab topgan, degan gaplar unçalik ham töğri emas, pullar davlat byudjetiga tuşmaydi. Barçasi Içki işlar vazirigining (qarorda aytilişiça Moliya vazirligining ham) taşabbusi, pullar ham vazirlikka ötadi. Faqat nima uçundir hukumat şuni tasdiqlab bergan xolos.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing