Alişer Sultonov energiya taʼminoti va sovuq haqida gapirdi
Alişer Sultonov, Energetika vaziri:
«Uşbu haftaning oxiriga kelib, Özbekistonda sovuq ob-havoning yangi tölqini noldan past haroratgaça tuşişi kutilmoqda. Biz vaziyatdan yaxşi xabardormiz, mummolarni yengillaştiriş, uy-joylar va iş joylarining barqaror energiya va gaz bilan taʼminlaşga erişiş uçun barça çora-tadbirlarni amalga oşiryapmiz.
Standart talablariga javob bermaydigan moslamalar işlatilganida juda köp energiya yöqotişlari yuzaga kelmoqda. Afsuski, bugungi kunda ana şunday vaziyatlar kuzatilayapti. Bunaqada işlab çiqarişni qança köpaytirmaylik, gazni ham, elektr energiyasini ham yetkazib berişda muamolar yuzaga kelişi mumkin.
Hurmatli isteʼmolçilar, şuning uçun men sizlardan energiyatejamkor qurilmalardan foydalaniş yönalişida birgalikda işlaşni iltimos qilardim. Öylaymanki, uşbu kelayotgan bir hafta-ön kunlik sovuqni yaxşi ötkazib olişga hamma imkoniyatlarimiz mavjud».


