Şavkat Mirziyoyev maʼnaviy qaşşoqlik muammosini kötardi

Matn19-yanvar, 2021, 19:061 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev:

– Iqtisodiy kambağallikni qisqartiriş böyiça katta işlar olib borayapmiz. Lekin maʼnaviy qaşşoqlikni qanday qisqartiramiz? Fikr qaramligidan qanday qutulamiz? Islohotlar uçun mablağ va investitsiyalarni topyapmiz, lekin maʼnaviy immunitetni mustahkamlaş uçun ruhiy resursni qayerdan topamiz? Bu savollar har birimizni öylantirişi zarur, – dedi davlatimiz rahbari.

Yiğilişda bugun “Tafakkur”, “Maʼnaviy hayot”, “Jahon adabiyoti”, “Şarq yulduzi” kabi jurnallarimiz obunaçilar kamligi tufayli juda kam tirajda naşr etilayotgani taassuf bilan qayd etildi.

– Agar har bir maktab, kollej, texnikum, oliy öquv yurti kutubxonasiga bittadan jurnal bepul yetib borsa ham, ularning tiraji kamida 10 mingdan ortiq böladi. Buning uçun zarur mablağni topiş şunça qiyinmi? Bu jurnallarni öqimagan yoşlarimizni qanday qilib maʼnaviy yetuk inson sifatida tarbiyalaymiz, - dedi Prezident.

Manba: ÖzA

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek