TATUda öqituvçilarni moddiy rağbatlantiriş tizimi
Yuqoridagi Nizom böyiça TATUda joriy etilgan moddiy rağbatlantirişlar (qolgan OTMlarda ham şunday bölsa qaniydi):
Sertifikatga ega va mutaxassislik fanlaridan çet tili (ingliz tili)da dars ötayotganda lavozim maoşi miqdorida quyidagiça ustama haq miqdori beriladi:
IELTS: 5 balldan 6 ballgaça - 25%;
6 ball va undan yuqori - 50%.
TOEFL IBT: 35 balldan 78 ballgaça - 25%;
78 balldan 120 ballgaça - 50%.
TOEFL Paperbased: 417 balldan 547 ballgaça - 25%;
547 balldan 677 ballgaça - 50%.
Mutaxassislik fanlaridan çet tilida dars berayotgan professor- öqituvçilarga - 20%.
Ilmiy darajadagilar lavozim maoşiga quyidagiça mikdorda ustama haq oladi:
Çet el universitetining magistr diplomi TOP 1000 - 150%;
Çet el universitetining doktorlik (PhD) diplomi TOP 1000 - 300%;
Çet el universitetining magistr diplomi TOP 100 - 300%;
Çet el universitetining doktorlik (PhD) diplomi TOP 100 - 350%;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bölgan - 50%;
fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bölgan - 75%.
Çop etilgan har bir maqola uçun muallif(lar)ga quyidagiça bir martalik (mehnatga soatboy haq tölaş miqdorlaridan kelib çiqib hisoblanadi) tölov beriladi:
OAK röyxatida keltirilgan xorijdagi nufuzli jurnallarda - 50%;
“Scopus” hamda “Web of Science” röyxatidagi ilmiy jurnallarda - 200%;
Bir martalik tölovlar:
Ilmiy işlanmaga olingan patent uçun - 100%;
OTM miqyosida çop etilgan har bir tezis uçun - 5%;
Respublika miqyosidagi anjumanlarda çop etilgan har bir tezis uçun - 10%;
OTM miqyosida çop etilgan har bir maqola uçun - 15%;
OAK röyxatidagi jurnallarda (Respublika miqyosida) çop etilgan har bir maqola uçun - 30%;
Xalqaro miqyosdagi anjumanlarda çop etilgan har bir tezis uçun - 20%;
Dasturiy yoki texnik işlanma uçun olingan guvohnoma uçun - 30%.
Ilmiy daraja olgan professor-öqituvçi va ilmiy maslahatçisiga lavozim maoşiga quyidagiça bir martalik rağbatlantiriş beriladi:
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olinganda:
professor-öqituvçiga - 300%;
ilmiy rahbariga - 300%.
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olinganda:
professor-öqituvçiga - 350%;
ilmiy maslahatçisiga - 350%.
Yangi maşq (masalalar) töplami va laboratoriya, amaliyot böyiça uslubiy qöllanmalarni işlab çiqiş, yoziş va naşr etiş - 40%.
Yaratilgan har bir iş uçun quyidagiça bir martalik rağbatlantiriş miqdori:
Videomaşğulotlar (fan doirasida) tayyorlaş va joriy etiş - 20%;
Virtual laboratoriya işini tayyorlaş va joriy etiş - 20%;
Elektron darsliklar yaratiş - 50%.
Prezident va nomdor stipendiyalarga sazovor bölgan talabani tayyorlagan yoki fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erişgan talabalarga ilmiy rahbarlikni amalga oşirgan professor-öqituvçilarga 100% lavozim maoşi miqdorida bir martalik rağbatlantiriş beriladi.
Xalqaro fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erişgan talabalarga rahbarlikni amalga oşirganda esa - 150%.
Maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy işlarni hamda tyutorlik va edvayzerlik faoliyatini bajarganliklari uçun 25% gaça miqdorida ustama haq miqdori belgilanadi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 1

