Toşşahartransxizmat xodimasiga qöl kötargan haydovçi qamaldi
Manba:Daryo — LIVE
«Toşşahartransxizmat»da işlaydigan öşa ayolni haqoratlab, söng unga qöl kötargan ikkinçi haydovçi ham qamaldi
Oktabr oyi boşida Toşkentdagi «Buyuk Ipak yöli» avtobus bekati oldida «Toşşahartransxizmat»da işlaydigan öşa maşhur, smartfon kötargan ayol va navbatdagi qoidabuzar haydovçi iştirokidagi işkal haqida yozgandik. Qoidabuzar «damasçi» jahl ustida ayolning telefonini tortib olgan, uni haqorat qilgan, unga qöl kötargan edi. Ularni bir muddat bir militsioner ajratib qöyib, söng u ham yöqolib qolgan edi. Bugun şahar militsiyasi uşbu hodisa oqibatlari haqida batafsil axborot berdi (avvalroq şunaqa vaʼda bergandi).
Demak, jahldor «damasçi» (uning ismi Husniddin, u 25 yoşda) maʼmuriy işlar böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudi tomonidan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasida («mayda bezorilik») nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va uç sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan (şu ayolni haqoratlab, unga qöl kötargan avvalgi muştumzör haydovçi — 26 yoşli Hikmatulla beş sutkaga qamalgan edi). Bundan taşqari, maşinasi (Damas)ni avtobus bekatida töxtatgani uçun Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-6-moddasiga («transport vositalari haydovçilarining töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzişi») asosan jarimaga tortilgan (IIBB xabarida jarima miqdori yozilmagan — u eng kam iş haqining uç baravari (552 900 söm)dan 15 baravari (2 764 500 söm)gaça bölişi mumkin).
Videoni körgan bölsangiz, Damas’da Husniddinning yonida ötirgan yölovçi ham ayolni haqorat qilgan edi. Şahar IIBBdan maʼlum qilişlariça, uning ismi Umidbek, u ham Husniddin kabi 25 yoşda va endi u ham sudlangan: sud uni Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 41-moddasida («haqorat qiliş») nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topib, unga eng kam iş haqining ikki baravari (368 600 söm) miqdorida jarima solgan. Videoning boşida ayolning ogohlantirişlariga qaramay, avtobus bekatida yölovçi yiqqan «damasçi»ga nisbatan esa (u 35 yoşli Abdumajid ekan) 128-6-modda böyiça bayonnoma tuzilgan (u ham endi xuddi Husniddin kabi kamida 552 900 söm, köpi bilan 2 764 500 söm jarima tölaydi).
Xöş, endi militsiya xodimining harakatlari haqida gaplaşsak: IIBB bayonotiga köra, u aslida Toşkent metropolitenini qöriqlaşda turgan bölgan va şovqinni eşitib, postini taşlab, «Toşşahartransxizmat»da işlaydigan ayol va jahldor «damasçi»ni ajratib qöyib, yaqin atrofdagi patrul-post xizmat vakillarini çaqirgan. «Şundan söng u yaşirinmagan, balki janjal bitdi degan işonç bilan yana xizmat joyiga qaytgan. Ammo ayolning keyingi harakatlari janjalning yangi tölqinini keltirib çiqargan», — deyiladi şahar militsiyasi axborotida. Videoda ayol «közoynagimni qaytaring», deb jahldor «damasçi»ning ortidan yurgani uçun oxiri kaltak yeganini köriş mumkin.
Şu, tamom. IIBB öz axborotida ayolni birorta erkak himoya qilmaganini, heç kim ayolni özini bosişga, haydovçini esa tartibga çaqirişga harakat qilmaganini afsus bilan qayd etib ötgan. Yana, fuqarolarni qonunni buzmaslikka, özaro hurmatni saqlagan holda gaplaşişga çaqirgan. Rosti gap — ayolning harakatlari sal-pal qöpol, oğirroq; he yöq, be yöq kamera kötarib kelib, «xah, tutdimmi!», deb turiş birda bölmasa ham boşqasida har qanday xotirjam odamni ham izdan çiqarib yuborişi mumkin. Lekin, ayolning harakatlari qöpolroq köringani, ohangi oğirroq çiqqani bilan u yomon yo notöğri iş qilmayapti — şu şaharda tartib bölişi uçun köpçiligimizdan köproq harakat qilyapti. Har birimiz şu ayoldek nafaqat boşqalarga, balki özimizga ham talabçan bölganimizda edi, qonun-qoidalarni hurmat qilganimizda edi, yaxşi hayotimiz hozirgidan-da yaxşiroq bölardi, albatta.

