Toşkentda maşhurlikka intilgan blogerlar jarimaga tortildi

Matn17-yanvar, 2019, 15:431 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Toşkent IIBB tomonidan maşhurlikka intilgan blogerlarning faoliyatiga çek qöyildi

Instagram ijtimoiy tarmoğiga özlarini blogerlar deb hisoblaydigan bir guruh yoşlar tomonidan tayyorlangan videolavhalar joylaştirilgan. Bu haqda “Mening yurtim” telekanalida efirga çiqqan lavhada aytiladi.

Qayd etilişiça, uşbu videoroliklarga aniqlik kiritiş maqsadida Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor suriştiruv tadbirlari olib borilgan.

Suriştiruv davomida aniqlanişiça, bolalar tomonidan tayyorlangan videolarning biri poytaxtda joylaşgan supermarketda özlarining tanişi yordamida olingan bölib, unda sunʼiy janjal uyuştirilib, jamoat joyida haqoratli sözlarni qöllaganliklari, şuningdek, bu qahramonlar Mirzo Uluğbek tumanida örtoğiga tegişli bölgan avtomaşinani olib qoçib, uning ortidan şerigi boşqa avtoulov orqali quvib ötgan holda yöl xavfsizligi qoidalariga zid bölgan harakatlarni amalga oşirganliklari ayon bölgan.

Yuqoridagi harakatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, EKIH 3 barobari miqdorida (608 ming 190 söm) jarima solişga sabab bölgan.

Şuningdek, avtoulovlar vaqtinçalik jarima maydoniga qöyilib, haydovçilarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-moddasiga asosan bayonnoma tuzilgan va haydovçilik guvohnomalari olib qöyilgan.

Matn: Kun.uz

Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek