Özbekiston va Yaponiya: Osiyo kubogidagi hal qiluvçi bahs

Matn17-yanvar, 2019, 13:042 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bizga qanday natija kerak?
#futbol

Bugun Toşkent vaqti bilan soat 18:30-da futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi guruh bahslari doirasida 3-öyinini ötkazadi. Raqib jiddiy – Yaponiya!

Yigitlarimiz allaqaçon guruhdan çiqiş masalasini hal qilib bölişgan. Bugungi öyin natijasi guruhda kim 1-örinni olişini aniqlab beradi. Bu esa öz navbatida nimçorak finaldagi raqibimiz kim bölişiga taʼsir ötkazadi.

Keling, variantlarni körib çiqamiz:

Ğalaba. Har qanday hisobdagi ğalaba bizni guruhda peşqadamga aylantiradi. «F» guruhida 1-örinni olgan jamoa esa, nimçorak finalda «E» guruhida 2-örinni olgan jamoa bilan kuç sinaşadi. Yaʼni yoki Qatar, yoki Saudiya Arabistoni bilan öynaymiz. Bugun bizning öyinimizdan keyin uşbu ikki jamoa özaro kuç sinaşadi va biz raqibimizni bilib olişimiz mumkin böladi. Durang natija ham Qatarni qanoatlantiradi. Imkoni bölsa, Saudiya emas, Qatar bilan öynasak yaxşiroq edi, menimça.

Durang. Durang natija ham bizni qanoatlantiradi va töplar nisbati böyiça guruh ğolibiga aylanamiz. Bunday vaziyatda yana öşa yuqoridagi holat, raqibizni kutişimizga töğri keladi. Yoki Qatar, yoki Saudiya.

Mağlubiyat. Har qanday hisobdagi mağlubiyat bizni 2-öringa tuşiradi. Raqib esa aniq – Avstraliya! 1-turdagi Iordaniyadan qabul qilingan kutilmagan mağlubiyat natijasida sokkeruzlar guruhda 2-örinni egallaşdi.

Töğri, Osiyo kubogida har qanday raqibga qarşi öynaşga tayyor böliş kerak. Ammo nimçorak finaldayoq amaldagi çempionlarga qarşi öynaş biroz yoqimsizroq. Boz ustiga hali 2011-yilgi Osiyo kubogida qayd etilgan 6:0 natijasi yodimizdan kötarilmagan. Şunday ekan, bugun Yaponiya ustidan imkoni boriça ğalaba qozoniş yoki kamida durang qayd etişimiz kerak.

Har ne bölsada, futbolçilarimizga omad tilaymiz!

Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek