Rossiya Konstitutsiyaviy Sudi propiska tizimini bekor qilgan

Matn16-yanvar, 2019, 12:083 daqiqa0 koʻrish

Rossiya Konstitutsiyaviy Sudi: propiska tizimi konstitutsiyaga zid

Uşbu nomdagi maqolam 1 oylar avval eʼlon qilingan edi (https://kun.uz/64309830). Ruxsatingiz bilan maqoladan ayrim parçalar keltirmoqçiman.

«Şunday kunlarning birida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy Sudi (RF KS) uşbu mojaroga boş suqadi va hukumatning konstitutsiyaga zid qarorlariga qarşi ayovsiz «jang» boşlaydi.

Konstitutsiyaviy sudning ketma-ket «zarbalari»

1995-yil
Dastlab, RF KS 1995-yil 24-aprel kuni Astraxan viloyatida yaşovçi fuqaro Lidiya Sitalovaning propiskaga oid murojaatini körib çiqadi... Özining konstitutsiyaviy huquqlari buzilgan deb hisoblagan L.Sitalova KSga şikoyat qiladi. Natijada Konstitutsiyaviy sud Uy-joy kodeksining 54-moddasidagi tegişli bandni RF Konstitutsiyasida kafolatlangan harakatlaniş erkinligiga zid deya topadi va bekor qiladi. Qarorni bu yerdan öqişingiz mumkin.

1996-yil
Oradan 1 yil ötib, bir guruh fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş maqsadida Komi Respublikasi rahbari Yuriy Spiridonov RF KSga murojaat qilib, Moskva va Moskva viloyati, Stavropol ölkasi, Voronej viloyati va Voronej şahrining qator normativ hujjatlarini bekor qilişni söraydi. Gap şundaki, mazkur hududlar mahalliy qonunlar bilan propiska uçun turliça şartlar belgilab olişgan edi.

Masalan, Moskva viloyatida doimiy yaşaş huquqini qölga kiritiş evaziga 3 kişidan köp bölmagan oila uçun şahar byudjetiga 9 mln rubl (öşa paytda taxminan 2 ming AQŞ dollari) tölaş kerakligi belgilangan bölsa, Moskva şahrida bu miqdor ança baland – EKIH 500 baravari (öşa paytda taxminan 7 ming dollar) miqdorida «propiska boji» belgilangandi, şuningdek fuqarolar uy sotib olişi ham kerak bölgan.

Stavrapol ölkasida ham doimiy yaşaş huquqini qölga kiritiş uçun maxsus yiğim belgilangan, şuningdek, yillik kvota ham bölgan. Yaʼni yiliga mahalliy aholining 0,5 foizidan ortiğiga doimiy propiska berilmagan.

1996-yil 4-aprel kuni RF KS yuqoridagi barça hujjatlarni Konstitutsiyaga zid deb topadi va bekor qiliş haqida qaror qabul qiladi. Qarorni bu yerdan öqişingiz mumkin.

1997-yil
1996-yil 4-apreldagi KS qarorini barça hududlar ham ijro etişga şoşilmagan. Masalan, Moskva viloyati dumasi 1996-yil 5-iyul kuni yangi qonun qabul qiladi. Unga köra, Moskva viloyati hududida doimiy yaşaş huquqini qölga kiritiş uçun byudjetga eng kam iş haqining 300 baravarigaça bölgan miqdorda majburiy yiğim belgilanadi... RF KS 1997-yil 2-iyuldagi qarori bilan Moskva viloyati dumasining uşbu qonunini ham RF Konstitutsiyasiga zid, deb topadi va bekor qiladi. Qarorni bu yerdan öqişingiz mumkin.

1998-yil
1998-yilning boşida RF KS propiska masalasiga oid yana bir qaror qabul qiladi. Bu safar «RFdan çiqiş va RFga keliş töğrisida»gi qonun nişonga olinadi... Gap şundaki, Rossiya fuqarosi A.Avanov 1996-yilda xorijga çiqiş pasportini (zagranpasport) oliş uçun ariza beradi. Lekin uning Moskva şahrida turar joyi böyiça röyxatga olinmaganini rökaç qilib, Moskva IIBB unga zagranpasport berişni rad etadi. Şundan keyin özining konstitutsiyaviy huquqlari buzilganidan norozi bölgan A.Avanov KSga murojaat qiladi. KS fuqaroning uşbu murojaatini körib çiqib, qonunning zagranpasport beriş uçun propiska talab qilinişi haqidagi qismini konstitutsiyaga zid deb topadi va uni bekor qiladi. Qarorni bu yerdan öqişingiz mumkin.

Yakuniy zarba
1998-yil 2-fevral kuni muhim qarorlardan biri qabul qilindi.

RF KS barça holatlarni inobatga olib, hukumat qarorining ayrim qismlarini RF Konstitutsiyasiga zid, deya baholagan.

Yaşaş va turar joyi böyiça qayd etişni rad qiliş asoslari hamda qayd etişning 6 oylik muddatini belgilaş tartibi bekor qilingan.

Keyinçalik hukumat qarorlariga tegişli özgarişlar kiritildi. Bugungi kunda Rossiyada turgan joyi böyiça röyxatdan ötişning çeklangan muddati yöq, şuningdek vakolatli organlar röyxatdan ötişni rad qilişga haqli emas.

Şuningdek, 2004-yildagi özgarişlarga binoan, röyxatdan ötmasdan yaşaş muddati 10 kundan 90 kungaça uzaytirildi. Yaʼni boşqa hududga 90 kundan köp bölmagan muddatga kelgan fuqarolar heç qanday röyxatdan ötişi, heç kimga heç qanday hujjat topşirişi şart emas».

Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek