Propiska tizimi va partiyalar bayonoti haqida

Matn15-noyabr, 2019, 14:571 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qöşimça sifatida aytmoqçimanki, Özbekistonning özida fuqarolarni “oq” va “qora”ga ajratadigan, birini ikkinçisidan 400 baravar qadrsiz qiladigan va eeeeeng asosiysi Boş Qomusimiz - Konstitutsiyaga oçiqdan-oçiq zid bölgan propiska rejimini ham gapirib çiqişsin “bayonotçi” partiyalarimiz.

Mana şu tizimni öylab topgan va bugungi kungaça qöllab-quvvatlab, bekor qiliş uçun harakat qilayotgan ayrim davlat taşkilotlariyu mansabdor şaxslarga telefon orqali bosim qilib, “aralaşma bu masalaga” deyayotgan ayrim vallomatlar ham aslida özbeklarni “baran”, “kişlak” deya haqorat qilgan “Lukoyl” amaldori bilan bir xil maqomda.

Gapiringlar buni ham. Bayonotlar beringlar. “Oçko” olinglar, mayli rozimiz.

Lekin jimsizlar. Ğing deya olmaysizlar. Çunki vaqtida uşbu qonunni barça deputatlar qarsak çalib, qabul qilgan. Jarimalarni kuçaytirişganda ham deputatlar bajonudil qöl kötarişgan.

Öşa paytda qarşilik qilolmaganlar, endi gapirarmidi... Potomu çto u tebya duxa netu.

Özbeklarni haqorat qilgan rusga qarşi çiqiş kerakligini yoqlayman, ammo özbek xalqini haqorat qilayotgan özbek mansabdorlariga qarşi jim turişni heç qaçon yoqlamayman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek