Özbekkömir aksiyadorlik jamiyatining boşqaruv tarixi
Manba:davletovuz
“Özbekkömir”ning sarguzaştlari va noyabr
“Özbekkömir” degan yetim kompaniyamiz bor. Ançadan beri yetim qolgan, qöldan-qölga ötib çarçadi beçora.
Gap şundaki, 2017-yil noyabr oyida uzoq yillar “Özbekenergo” tarkibida bölgan «Özbekkömir» AJ va «Şarğunkömir» AJning aksiyalari paketlari «Özbekiston temir yöllari» AJning ustav kapitaliga davlat hissasi sifatida belgilangan tartibda balans qiymati böyiça topşirildi.
Ordan köp ötmay, aniqroği 2018-yil noyabr oyida “Özbekkömir” aksiyadorlik jamiyatini boşqariş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Qarorga muvofiq, “ProgressGorTex” MÇJning (Rossiya Federatsiyasi) Özbekistonda taşkil etiladigan şöʼba xöjalik jamiyati “Özbekiston temir yöllari” AJning “Özbekkömir” AJ ustav kapitalidagi 45 foiz miqdoridagi aksiyalari turkumining işonçli boşqaruvçisi sifatida jalb etiladi. Dekabrda mazkur qaror imzolanib, kuçga kiradi. Darvoqe, 2018-yil oktabrda taşkil qilingan “ProgressGorTex” MÇJning ustav fondi 10 ming rubl edi. Dollardagi ekvivalentini özingiz hisoblab olaverasiz.
Ammo oradan bir yil ham ötmay, aniqroği, oktabr oyida “ProgressGorTex” MÇJ “Özbekkömir” AJ ustav kapitalidagi 45 foiz miqdoridagi aksiyalari turkumining işonçli boşqaruvçisi bölmaydigan böldi. Eski hujjat öz kuçini yöqotgan, deb topildi.
Yana noyabr, 2019-yilning noyabri. Aytişlariça, hukumatning yangi qarori bilan “Özbekkömir” yana işonçli boşqaruvga beriladigan bölibdi. Bu gal Qozoğistonning Pavlodar viloyati Ekibastuz şahrida 2018-yil 22-yanvarda röyxatdan ötgan, maqomi kiçik korxona bölgan, «Gorniye raboti» kompaniyasining Özbekistondagi şöʼba korxonasi uşbu baxtga sazovor böldi. Darvoqe, mazkur kompaniya Özbekistonning eng yirik ikki issiqlik elektr stansiyasi — “Angren” va “Yangi Angren” IESni işonçli boşqaruvga auksionsiz, konkurssiz olgan. “Özbekkömir” ham konkurssiz, aytişlariça, 90 foizdan ortiq uluşi bilan “işonçli boşqaruv”ga berilmoqda.
Kelgusi noyabrni intiqlik bilan kutamiz.

