Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekkömir Rossiya kompaniyasi boşqaruviga berilişi mumkin

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Manba:Daryo — LIVE

​​​​«Özbekkömir» Rossiya kompaniyasiga uç yilga işonçli boşqaruvga topşiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida 13-noyabr kuni «Özbekkömir» aksiyadorlik jamiyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi. Qaror 28-noyabrdan söng imzolanişi mumkin — muhokama şu sanaga qadar davom etadi.

Qaror bilan «Özbekkömir» kompaniyasining 45 foiz aksiyasi Rossiyaning «Progress Gor Tex» kompaniyasiga uç yil muddatga işonçli boşqaruvga topşirilişi közda tutilgan (buning uçun Özbekistonda rus kompaniyasining şöʼbasi oçiladi). 10 banddan iborat qaror loyihasining asosiy mazmuni şundan iborat.

Internetda «Progress Gor Tex» deb qidirsangiz, tayinli heç narsa topolmaysiz. «ProgressGorTex» deb qöşib yozsangiz, Rossiyadagi yuridik şaxslarning yagona reyestridan baʼzi maʼlumotlar, köçirmalar çiqib keladi. Birinçidan, bu kompaniya 2018-yil 15-oktabr kuni röyxatga olingan (yaʼni, hali bir oylik ham bölgani yöq).

Ikkinçidan, agar «Yandeks.Xarita»ga işonadigan bölsak, uning ofisi (Bolşaya Yakimanka köçasi, 1-uy, 65-xona) Özbekiston elçixonasidan uç daqiqalik masofada joylaşgan. Uçinçidan, uning ustav kapitali 10 ming rubl (taxminan 1,22 million söm). Törtinçidan, «ProgressGorTex»ning boş direktori Vadim Falko firma ofisi joylaşgan binoning 11-xonasida faoliyat olib boruvçi «KTS» firmasining ham boş direktori hisoblanadi. U firma ham 15-oktabr kuni oçilgan.

Yana bir bor eslatib ötamiz, Prezident qarorida «Progress Gor Tex» deb yozilgan, biz esa bor-yöği «ProgressGorTex»ning maʼlumotlarini keltirdik — bu ikkisi bir-biriga mutlaqo boğliq bölmasligi juda ham mumkin. Har nima bölganda ham, @davletovuz aytganidek, «yaxşilik bilan tugasin-da bu işlar».

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek