Jabrlanuvçining şaxsiy maʼlumotlari oşkor qilinişi
Şaxsning qadr-qimmati haqida
Yodingizda bölsa, Samarqandda bir ayolning boşiga çelak kiydirib urgan yigitlar uşlangani haqida xabar bergandik. "Yoşlar" telekanali şu voqea haqida reportaj tayyorlabdi. Uşbu reportaj içki işlar bilan hamkorlikda qilingani aniq.
Meni xafa qilgan joyi, reportajda kaltak yegan qariya ayolning barça şaxsiy maʼlumotlari - tuğilgan yili, töliq ism-şarifi va uning tilançiligi (!) eʼlon qilinyapti. Baraka topgurlar, videoda yuzi va kimligi körinmagan jabrlanuvçi ayolning şaxsiy maʼlumotlarini oşkor qilişga Sizga kim huquq berdi?! Inson şaʼni va qadr-qimmati degan narsani bilasizlarmi özi?
Içki işlar ötgan safar ham Kattaqörğonda yeçintirilgan ayolning ism-şarifi va maʼlumotlarini saytida eʼlon qilib, noroziliklardan keyin olib taşlagandi. Endi bu video...
Aslida toki sud hukmi çiqmagungaça, gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan şaxslarning ismlarini, yuzini, suratini ham eʼlon qiliş mumkin emas. Mayli, "qonunbuzarliklar profilaktikasi" degan şior ortidan bu narsaga köz yumişga örganib qoldik. Lekin jabrlanuvçilar, ayniqsa videodagi kabi tahqirlangan insonlarning şaxsiy maʼlumotlarini oşkor qilişga çidab bölmaydi! Qandayin nomaqbul iş bu!
OAV xodimlari va ularga maʼlumot berayotgan davlat idoralari vakillari, iltimos, berayotgan xabarlaringizda özgalarning şaʼni va qadr-qimmatini kamsituvçi maʼlumotlarni eʼlon qilişdan saqlaning. Eʼlon qilişdan oldin bir ozgina ularning örniga özingizni qöyib köring, şunda bu iş qançalar oğir botişini his qilasiz.
Şu voqea böyiça ayrim qöşimça maʼlumotlar:
👉 Tergovga D.B. ismli yigit ham jalb etilgan, lekin uni ham bezori sifatida talqin qilişmoqda. Vaholanki, u kampirni uriş voqeasida umuman iştirok etmagan. D.B. videoni bir neça oy ötib internetga joylagan xolos. Aslida u videoni joylamaganda, bu voqeani heç kim bilmay qolardi. Ammo uning qilmişida ham jinoyat alomatlari bor va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan, yaʼni naşr qiliş va boşqaça köpaytirilgan usulda haqorat qiliş moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Buni nima uçun aytyapman? Çunki qolganlar ham bilib qöyişi kerak, kimnidir tahqirlovçi videolarni, suratlarni va maʼlumotlarni tarqatiş, garçi öşa işlarni özingiz qilmagan bölsangiz ham, javobgarlikka tortiş uçun asos böladi.
👉 Çelak kiydirgan R. ismli yigit ham bor, mendagi maʼlumotlarga köra, hozirça u qidiruvda ekan. Şunda voqea iştirokçilari quyidagilar böladi:
Ş.A. - urgan
R. - çelak kiydirgan
A.M. - videoga olgan
D.B. - videoni Instagramga joylagan
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

