DTM test savollari tuziladigan darsliklar böyiça javoblar

Matn12-noyabr, 2018, 15:572 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Darsliklar böyiça javoblar

Biroz oldin elektron poçtamga orgtest2012@*****.ru manzilidan bir xat kelib tuşdi. Rosti uşbu xat kimdan kelganini aniq bilmadimu (menimça, DTM masʼullari yuborişgan), lekin unda test savollari tuziladigan darsliklar böyiça keça yozgan savollarimga asoslantirilgan javoblar berilgan ekan. Uşbu javoblarning mazmunini saqlab, hajman qisqartirilgan körinişda eʼlon qilaman:

1️⃣ DTM saytidagi darsliklar röyxati bu haqiqatdan tasdiqlangan oxirgi röyxat ekan. Test savollari uşbu darsliklardan tuzilişi aniq, keyinçalik özgarmaydi, xavotir olmasangiz ham böladi.

Şuningdek, javob xatida aniqlik kiritilganki, darsliklar röyxati Davlat qabul komissiya tomonidan tasdiqlanmas ekan, balki test sinovlariga tayyorgarlik köriş uçun taʼlimni boşqariş böyiça vakolatli davlat organlari tomonidan tavsiya etilarkan.

2️⃣ DTM saytida badiiy adabiyotlar röyxati ham keltirilgan bölib, uşbu asarlarni töliq öqiş tavsiya etiladi. Ayrimlar öylagandek faqat darsliklardagi qisqartirilgan variantini emas. Bu qarorni töliq qöllab-quvvatlayman.

Eslatib ötaman, DTM saytida mustaqil (qöşimça) öqiş uçun özbek tilida adabiyot fanidan 10 ta badiiy asar röyxati körsatilgan, rus tili va adabiyoti fani böyiça esa 4 ta adabiy tanqid, 24 ta proza, 22 ta poeziya, 7 ta dramaturgiya va A.Navoiy "Hamsa"si, ğazallari, Bobur ğazallari va ruboiylari, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat ijodi, şuningdek, 13 nafar 20-asr özbek adabiyoti vakillarining ijodini öqiş tavsiya etilgan. Özbek va rus tillari orasida nega bunçalik farq bor, yoxud qoraqalpoq tili va adabiyoti uçun nega birorta asar tavsiya etilmagan, hozirça menga maʼlum emas.

3️⃣ ASOSIY SAVOLGA JAVOB

Javobni sözma-söz, asliça keltiraman:

Quyidagi turdagi darsliklar mavjud:
- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uçun tavsiya etilgan darsliklar;
- 10-sinf va örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlimi muassasalari öquvçilari uçun tavsiya etilgan darsliklar, 11-sinf va örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari öquvçilari uçun tavsiya etilgan darsliklar.

Bölajak abituriyentlar özi öqiydigan taʼlim muassasasi uçun tavsiya etilgan darsliklarni öqiş zarur, boşqa taʼlim turi yoki taʼlim muassasalari uçun tavsiya etilgan darsliklarni öqiş talab etilmaydi.

Test topşiriqlari tegişli taʼlim muassasalari uçun tavsiya etilgan öquv dasturlari asosida tuziladi.

=•=•=•=•=•=•=•=

Mana şunaqa gaplar.

Hurmatli abituriyentlar,
öylaymanki darsliklar masalasida Sizni qiynayotgan savollarga uzil-kesil javob oldingiz va bundan buyoğiga ortiqça boşingizni qotirmasdan, kelgusi yilda böladigan test sinovlariga jiddiy tayyorgarlik körişni davom ettiraverasiz. Barçangizga omad tilayman!

Javoblarni yuborgan nomaʼlum insonga esa özimning minnatdorligimni bildiraman. Tezkorligingizga gap yöq!

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Jurnalist Bobur Komilov vafot etdi

    02 daqiqa

  2. Yigitlarning xatti-harakati aks etgan video

    01 daqiqa

Yana oʻqing