Darsliklar masalasidagi javobsiz savollar
Darsliklar masalasidagi javobsiz savollar
Davlat test markazi 8-noyabr kuni joriy yilgi test sinovlari yakuni böyiça matbuot anjumani taşkil qilibdi. Unda mutasaddilar tomonidan ayrim qiziqarli maʼlumotlar bayon qilingan.
Masalan, 2017-yilda jami 729 ming 947 abituriyent hujjat topşirgan bölsa, 2018-yili bu körsatkiç avvalgi yilgidan oşib, 814 ming 952 nafar bölgan. Bunda faqat kunduzgi emas, balki maxsus sirtqi, keçki hamda sirtqi taʼlim şakllari ham qöşib hisoblangan.
Şuningdek, matbuot anjumanida Samarqand davlat universitetidagi test sinovlari ötkazilgan joyga örnatilgan nazorat kameralarining yozuvi Boş prokuratura tomonidan örganilayotganligi maʼlum qilingan.
Ikkala xabarni ham Turon24 saytidan oldim. Nima uçundir matbuot anjumani haqida DTM saytida birorta gap-söz yöq. Na bölişi, na bölib ötgan haqida.
Yodingizda bölsa, kanalim orqali DTMdan test savollari tuziladigan darsliklar röyxatini tezroq eʼlon qilişlarini iltimos qilgan edim. Oradan 2 haftalar çamasi ötib, DTM saytida "Tasdiqlangan darsliklar" sahifasi yangilandi va röyxat paydo böldi. Lekin bu masala böyiça haliyam ayrim savollar javobsiz bölib turibdi.
Agar DTM kelgusi yilgi test sinovlari haqida matbuot anjumani qilsa, quyidagi 3 ta savolga javob söragan bölar edim:
1️⃣ DTM saytida çiqqan darsliklar röyxati bu tasdiqlangan oxirgi variantmi? Şunçaki saytda yangi fayl paydo böldi, lekin birorta izoh berilmadi. “Abituriyentlar diqqatiga!” deb saytda yangilik sifatida berilmadi ham. Odatda darsliklar röyxati Davlat qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanar edi, bu haqida ham maʼlumot yöq. Ertaga yana boşqa darsliklar röyxati çiqib qolmaydimi mabodo?
2️⃣ Darsliklar röyxatida badiiy asarlar nomlari ham keltirilgan. Köpçilik sörayaptiki, uşbu asarlarni töliq öqib çiqiş kerakmi yoki faqat adabiyot kitoblarida berilga parçalar kifoyami? Menga qolsa, töliq öqib çiqiş tarafdoriman. Zora şu yöl bilan minglab abituriyentlar badiiy asar öqişni boşlaşsa. Har ne bölganda ham şu masalaga aniqlik kiritiş kerak.
3️⃣ ASOSIY SAVOL:
Joriy yilda uzoq yillik tanaffusdan keyin maktablarning 11-sinf bitiruvçilari ham OTMlarga hujjat topşirişadi. Şunga köra, barçani bir savol qiynamoqda:
Kollej va akademik litsey bitiruvçilari ham 10-11-sinf darsliklarini öqişga majburmi?
Yoxud şuning teskarisi maktab bitiruvçilari ham kollej va akademik litsey darsliklarini öqişga majburmi?
Fikrimça, agar ular uşbu darsliklarni ham öqişga majbur bölsa, bu – adolatsizlik! Qoida böyiça test savollari faqat öquv muassasasida ötilgan öquv rejasi böyiça berilişi kerak. Maktab öquvçisi qöşimçasiga kollej darsligini ham öqişga majbur bölsa, bu şundoq ham maktab/kollej/litseylardagi öqiş iştiyoqini battar tuşirib yuboradi, hamma repetitorlarga yugurişni boşlaydi.
Umid qilamanki, mutasaddilar uşbu murakkab vaziyatda oqilona va adolatli yeçim topa oladi.
Nima bölgan taqdirda ham, mana şu 3 ta savolga qisqa kunlar içida javob berilişi, vaziyatga aniqlik kiritilişi kerak. Minglab yoşlar şu savollarning javobini intiq bölib kutişmoqda. DTM qança tez javob bersa, şunça savobga qoladi. Har holda bu savollarning javobini oliş 2-3 oyga çözilmaydi, degan umiddaman.
Tuşunganingiz uçun rahmat.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

