Jurnalist Bobur Komilov vafot etdi

Matn12-noyabr, 2018, 12:572 daqiqa0 koʻrish

​​Özbek jurnalistikasida oğir yöqotiş

Telegramdagi jurnalistlar guruhida noxuş xabar yangradi: xalqaro toifadagi maşhur jurnalist, BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi matbuot kotibi Bobur Komilov uzoq davom etgan xastalikdan söng vafot etibdi.

Bobur Komilov ismli jurnalist köpçilik singari menga ham "Davr" informatsion körsatuvi orqali sevimli teleboşlovçiga aylangandi. Bolaligimdagi xotiralarning bir qismida nutqi ravon, öz işining ustasi bölgan, aqlli jurnalist sifatida Bobur akaning siymosi ham öçmas bölib örin olgan.

Keyinçalik Bobur aka bilan köp tadbirlarda uçraşdik, ayrim jabhalarda hamkorlik qildik. Bobur aka juda kamtarin, huşçaqçaq va samimiy inson edi. Dunyoqaraşi kengligi uçun ular bilan suhbatlaşiş şunçaki odamga zavq bağişlardi. Soatlab turli loyihalar, ğoyalar haqida gaplaşiş mumkin edi.

Bobur aka ilmga çanqoq edi, şu sababli intellektual loyihalarni, ilmni doim qöllab-quvvatlardi. Juda yaxşi eslayman, bundan bir neça yillar oldin Bobur aka bilan hamkorlikda BMT taşkil etilgan sana arafasida Toşkentdagi talabalar örtasida "Zakovat" turniri taşkil qilgandik. Öşanda ham turnirni saviyali taşkil etiş uçun Bobur aka rosa jonbozlik körsatgandilar.

Ming afsuski, şunday inson bugun oramizda yöq.

Lekin nima ham derdik, ölim haq, har birimizning boşimizda bor savdo. Ilohim, Bobur Komilovning joylari jannatdan bölsin, yaxşi amallari özi bilan birga bölsin.

Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun.

P.S.: Suratda 2011-yili Şarqşunoslik institutida BMT taşkil topgan sanaga bağişlab ötkazilgan intellektual turnirdan lavha aks etgan.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Yigitlarning xatti-harakati aks etgan video

    01 daqiqa

  2. Darsliklar masalasidagi javobsiz savollar

    03 daqiqa

Yana oʻqing