Toşkentda ayollarning 23 toifali röyxati tuzildi
Ayollarning 23 toifasi
Toşkent şahar Xotin-qizlar qömitasi hamda Toşkent şahar IIBB hamkorlikda «Toşkent şahrida xotin-qizlar örtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatçilik holatlarining oldini oliş, mavjud muammolarni örganiş va bartaraf etiş yuzasidan çora-tadbirlar» işlab çiqibdi. Şu asosda 23 ta toifani tuzib çiqişibdi. Endi mahallalardagi profilaktika inspektorlari mana şu 23 ta toifaga tuşadigan ayollarni kartotekaga tuşirib çiqarmiş.
Bu Qöşma qarorni Toşkent şahar hokimi tasdiqlab ham beribdi.
23 talik röyxatda quyidagi ayollar ham joy olibdi:
1. Toşkentda vaqtinça yaşovçilar;
2. Röyxatdan ötmay yaşovçi ayollar;
3. Ajraşiş yoqasiga kelib qolgan oilalar;
4. Baloğatga yetmagan (18 yoşgaça) va yoş (18-30 yoş) qizlar;
5. Işsiz ayollar;
6. Kam taʼminlanganlar;
7. Nogiron, ajraşgan, farzandini yolğiz katta qilayotgan, boquvçisini yöqotgan ayollar;
8. Notinç oilalardagi ayollar;
9. Uzoq vaqtdan söng vatanga qaytganlar;
10. Uyida uzoq vaqt bölmaganlar;
11. Tilançi ayollar.
Oçiği bu darajada diskriminatsiya hidi anqib turgan röyxatni tuzganlardan hayron qolmadim.
Özbekiston BMTning Xotin-qizlarni kamsitişning barça şakllariga barham beriş töğrisidagi konvensiyaga aʼzo bölgan. Yuqoridagi röyxat esa öşa konvensiya talablariga mutlaqo zid. Çunki şu röyxatning özi ayollarni kamsitiş degani!
Bular aqldan ozganmi, nima balo?
Propiskani qöşişganini aytmaysizmi. Bu uying kuygur propiska ham heç bekor bölmadi, bölmadida. Öz vatanida jinoyatçiday yaşaş odamlarni joniga tegyapti. Boz ustiga mana bunaqa röyxatlarda propiskasi yöqlarni rasman jinoyatçilikka moyil deb turişsa, alam qilarkan odamga... He, senlarni öşa vijdonlaringga...
Özbekistondagi millionlab ayollarni qöya turaylik, oddiygina misol, köplab yuqori lavozimdagi amaldorlarning turmuş örtoqlari heç qayerda işlamaydi, uy bekasi. Profilaktika inspektorlari ularni ham röyxatga olarmikin? Qiziq-da şunçaki...
Tez fursatlarda bu ahmaqona hujjatni bekor qilişlarini talab qilamiz! Opa-singillarimizni, muhtarama ayollarimizni bu darajada xörlaydiganlarni, tahqirlaydiganlarni tag-tugi bilan yöqotiş ham kerak!
👉 @xushnudbek 👈


