Test savollari tarqalib ketgani böyiça DTM munosabati
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda savollar varaqasining rasmi tarqalib ketdi.
Aniqlagan tezkor maʼlumotlarimga köra, mazkur holat Toşkent şahridagi Oliy öquv yurtlariaro majmuadagi test sinovlari çoğida sodir bölgan. Va rasmlar Telegramdagi bir guruhga soat 9:40-da taşlangan.
DTM uşbu holat böyiça rasmiy munosabat bildirdi. Unda aytilişiça uşbu abituriyent test sinovlarining özidayoq qölga tuşgan va dalolatnoma rasmiylaştirilib, test sinovlaridan çetlatilgani xabar qilindi. Unga akt tuzilganining videosini ham joylaşdi.
Abituriyent qanday qilib telefon olib kirgani, savollar kitobini qanday qilib rasmga olgani, bizga unçalik qiziq emas. Ammo u qanday qilib bu rasmlarni internetga çiqara oldi? Mana şunisi köproq muhim.
Aytişlariça, hozirda tekşiruv ötkazilmoqda. DTMdan uşbu savollarga ham batafsil rasmiy munosabat kutib qolamiz.
👉 @xushnudbek 👈
