Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

1-avgust: O‘zbekistondagi test sinovlari xotiralari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Bugun, 1-avgust!

Vah-vah-vah... Bundan atigi 2 yil oldin uşbu kunda butun Özbekiston «qaynar» edi.

Barça mobil operatorlar bir xil yolğon bahona, yaʼni «texnik profilaktika işlari» tufayli mobil internetni öçirişardi. Ammo nima uçun öçganini yoş bola ham bilardi. Lekin ular bizni yoş boladay aldaşardi... Mobil internetning bir neça soat işlamasligi ortidan biznesga bir neça millionlab zarar yetardi, ammo masʼullar boşqaçaroq zamonaviy yölni qidirib körmas, xuddi heç narsani bilmaganday öşa ibtidoiy yöldan borişardi...

Hamma imtihonga şoşgan, yuz minglab taqdirlar şu 2-3 soat içida hal bölardi. Özbekiston kelajagi şu 3 soatlik qum soat içiga qamab qöyilgan edi göyo...

Minglab insonlar şu birgina kunni kutişar, şu birgina kun ortidan yuz minglab dollar (balki bir neça million dollardir, kim bilsin) işlab olişardi...

Ehheyeyeye, yana qançadan-qança xotiralar bilan qoldi, bu — 1-avgust.

Bugun esa 1-avgust — oddiy kun. Avgust oyining birinçi sanasi xolos. Hatto test sinovlarining ilk kuni ham emas. Hamma xotirjam. Heç narsa öçmagan. Hammasi bip-binoyiday işlab turibdi.

Aytmoqçimanki, özgarişlar öz qölimizda. Faqat ozzzzgina xohiş va ozzzzgina siyosiy iroda bölsa yetarli. Boşqa sohalarga ham mana şu ozzzzgina xohişdan ozzzzgina berişsa, gullab ketardi köp narsa.

Sizda uşbu kun bilan boğliq qanday xotiralar qolgan? Izohlarda biz bilan örtoqlaşing.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek