Abituriyentlar va 1-avgust imtihonlari haqida xotiralar

Matn1-avgust, 2019, 10:033 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özimning ham 1-avgustga oid xotiralarim jöşib ketdi, ayrim izohlarga javob bermoqçiman:

Abdulhamid Akbarov:
2016-yil 1-avgust boshqa 1-avgustlardan boshqacha boʻlgan. Buni oʻsha kuni test topshirganlar biladi. Kirish imtihonlari tarixida eng qiyin savollar, yana ham 36 ta savoldan birortasi eski yildagilarni takrorlamagan, butunlay yangilangan variantlar edi. Matematikada ayniqsa mantiqqa toʻgʻri kelmaydigan, lekin formula orqali ishlasa boʻladigan savollar tushgandi. Ammo Allohga shukr, shu yili shunday qiyinchilik bilan boʻlsa-da davlat budjeti asosida oʻqishga kirganmiz. Yaqinda oʻqishni bitiramiz ham(((

2015-2017-yillar haqiqatdan juda rasvo savollar tuşgan. Nima uçun savollarni qiyin qilişganiga mana bu yerda izoh berişga harakat qilganman.

Dilfuza:
1-avgust kizimni tugilgan kuni, u xam bu yil abituriyent; 1-avgust, 2015-yil uglim imtixon topşirgan va barça korrupsionerlarni yengib grantga ukişga kirgan, bu yil magistraturaga xudo xoxlasa, lekin xakkoniy bularmikan?!

Qizingizning umri uzoq bölsin, imtihonda ham omadini bersin, ilohim. Öğlingizga kelsak, ming afsuski magistraturada katta özgarişlar yöq. Ming afsus...

Dilnoza:
Manam 10 yil oldin imtihon topshirgandim va o’sha kuni turmush o’rtog’im bilan tanishib qolganman. O’qidik, bitirdik, Xudoga shukur ginekologman hozir

Ilohim, baxtli bölingizlar!

Zohid:
Kirish imtihonlari orqasidan kimlardir mashina kimlardir uy (lar) oldi. Kimlardir shaxsiy klinikalar qurib tashadi...
Avvallari qingir yul bn oqishga kirganlar ham hozirda yaxshi ishlab yurganlari ham bor mayli bular otib ketdi
Lekin shunchalik shaffoflik bolsa ham OTMlarga kallasi bom bosh talabalar qayerdan kelib qolayotgan ekana

Qayerdan bölardi, maktab va kollejlardan. Köp bor taʼkidlaganman, şaffof va adolatli kiriş imtihonlari farzandlarimizni bilimli qilib qöymaydi. U şunçaki saralaydi xolos. Asosiy bilimni xalq taʼlim beradi. Mana bu yerda şunga oid ayrim fikrlarim bor.

Hamid Sobirov:
25 yilda bakalvr imtihonini adolatli qildik. Nahotki magistratura va ordinatura uchun yana 25 yil kutsak

Oğriqli mavzu. Nafaqat magistratura, balki ijodiy imtihon asosida böladigan sinovlarga ham ozzzzzgina siyosiy iroda yetişmayapti. Juda va juda köp eʼtirozlar haliyam mavjud.

Medincinae Doctor:
10 yil oldin,birinchi marta imtixon topshirgan edim.qiziqishda imtixon vaqti miyaga foyda deb "plitochniy" shokolad olgandim.tekshiruvda o'tayotganda,shokoladni nima bu deb,ezib ezib plastilin qvorishgandi.keyin,yegani ko'nglim chopmagandi...oradan shuuncha vaqt o'tdi, doktorman, reanimatolog-anesteziolog, alhamdulillah!!!

Taşqarida dahşatli tekşiruv bölardi, lekin içkarida baribir hammani qölida telefon, hattoki bemalol sevgan qizi bilan soatlab gaplaşsa bölardi )) Omadingizni bersin, xalqimiz salomatligi yölida çarçamang!

Mona:
O'qituvchi bo'lganligim sababli bizni 1-avgustda kuzatuvchi auditoriya rahbari qilib qoyishgan.Lekin usha yerda abituriyentlarni kuzatish davomida ko'pgina boshqa narsalargayam guvoh buganman.MXX hodimlarini uzlari test savollarini olib chiqib ketib ishlatib olib kirib berishar edi.vijdonim qiynalgan.

No comment…

Durdona:
Xushnud aka o'zgarish bo'lyabti deysizu lekin hali ham "ilojini" qilayotganlar bor.Aytishadiku bilo,yest.budet deb.

Bundaylar har makon va har zamonda böladi. Öşa biz havas qiladigan ğarbda ham 1-2 ta holatlar bölib turadi. 100 foizlik natijaga intilmaslik kerak, bunisi baribir befoyda. Asosiy maqsad, korrupsiya va qinğirlik darajasini minimumga tuşiriş bölişi kerak, menimça. Nol qilişga intiliş aksinça zararga işlaşi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 5
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek