Magistratura imtihonlarida şaffoflikni taʼminlaş takliflari
Yo çikka, yo pukka
Yuqoridagi postni 2018-yili 1-iyun kuni yozgan ekanman. Oradan salkam 1 yil vaqt ötdi. Lekin magistratura böyiça biror yangilik eşitmadik. Magistraturaning kiriş imtihonlarini adolatli tizimga ötkaziş uçun heç narsa qilinmadi. Heç narsa! Qilişgan bölsa, sir saqlaşyapti çoği, biz eşitmadik.
Hukumatning barça saʼy-harakatlar faqat bakalavr kiriş imtihonlari uçun bölmoqda va ayni paytda magistratura yana soyada qolib ketayotgandek, çamamda (ötgan yili «Soyadagi magistratura» nomli maqolam ham eʼlon qilingandi)
Tan oliş kerak, 1-avgust imtihonlarida deyarli maksimal şaffoflikka erişildi, joriy yilda nazorat ötgan yilgidan ham yanada kuçliroq bölişi aniq.
Buning natijasida esa bunkerga öxşagan qinğir usullarga heç qanday “non” qolmayapti. Bu millionlab dollarlar ustiga quriladigan korrupsion tizim beliga bolta urilganidan dalolat. Köpçilik “klan”larning beli sinib ketdi, köpçiligi çalajon bölib yuribdi. Yöğon çözilib, ingiçka uziladigan payt, xullas.
Bunday korrupsion tizimlar faqat “köça” biznesi emasdi. Ular orasida ayrim rasmiylar, OTM rektoru prorektorlari, dekanu öqituvçilari şerik bölganini ham yaxşi bilamiz. Qançasi qölga tuşdi, qançasi esa...
Xullas, bu bilan nima demoqçiman. Hozirgi vaziyatda magistratura imtihonlarini katta dalada yolğiz, himoyasiz qolib ketgan qöziçoqqa öxşatyapman. Atrofi töla, börilaru qaşqirlar. Boz ustiga ular oç nahor, köziga qon tölib yuribdi, ançadan buyon ovqat yemagan.
Şu sababli, hurmatli mutasaddilar, Özbekiston ilm-fanining asosi bölgan magistratura bosqiçi ham esingizdan çiqib qolmasin. Aslida u yerdagi şaffoflikni taʼminlaş juda unaqa qiyin emas. Bakalavrga qaraganda talabgorlar aaaança kam.
Xohlasangiz, magistratura imtihoni uçun eng oddiy 2 ta usulni aytaman.
1) Barça imtihonlar (xoh yozma, xoh oğzaki) ovozli videokameralarga yozib olinsin. Hozir ham ayrim OTMlar videoga yozib olyapti, lekin u videolarni heç kim körmayaptiku? Bundan kimga nima foyda?
TAKLIFIM: Ana şu yozib olingan ovozli videolavhalar töliq hajmda internetga (agar server muammo deyilsa, ana Youtube teppa-tekin) joylansin. Har bir OTM Youtube yoki boşqa videoxostingda kanal oçsinda, imtihonlarning har birini guruh va yönalişlarga qarab, yuklasin.
2) Bilamizki, magistratura imtihonlari bakalavriatdan farqli ölaroq test emas, asosan yozma imtihonlarga tayangan. Magisraturadagi eng keng tarqalgan qinğirlik ham aynan şunda, yaʼni “öqişga kirişi oldindan belgilangan” talabalar imtihonlardan keyin alohida çaqirilib, yozma işni javoblari bilan qayta köçirib berişadi.
TAKLIFIM: magistratura uçun yozma imtihon ötgandan keyin, yaqin 2 soat içida barça abituriyentlarning yozma javoblari skaner qilinib, internetga (almaştirib qöyib imkoni yöq holatda) joylansin. “Voy, bööö, şunça varaqni skaner qiliş osonmi” deyişga şoşilmang. Hozir zamon rivojlanib ketgan, 1 daqiqada 80 varaqni avtomatik skaner qiladigan qurilmalar bor. 2 kişi bemalol 1 soatda ming nafar abituriyentning javob varaqalarini skanerlay oladi.
Yuqoridagi ikkala usul ham jamoatçilik nazorati uçun qöl keladi, yordam beradi. Xullas kalom, oşing halol bölsa – köçada iç! Aslida bunaqa usullardan faqatgina bir qinğirligi bor rektorlargina qörqadi. Halol va vijdonli rektorlar bunaqa şaffoflikni faqat va faqat quçoq oçib kutib oladi hamda töliq qöllab-quvvatlaydi.
Albatta yuqoridagi 2ta usul, eng oddiy va soddalari xolos. Magistraturada adolatni taʼminlaş uçun bundan boşqa mexanizmlar ham köp. Çunki qinğirliklarning köz körib, quloq eşitmaganlari bisyor. Lekin boşlanişiga heç bölmasa şuni qilib turaylikçi, qolgani bir gap bölar.
Köramiz, bu yilgi magistratura qabuli qanday bölarkin. Çikkami yoki pukka? Bunisini vaqt körsatadi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
