Magistratura va keçki taʼlimda korrupsiya xavfi

Matn9-avgust, 2018, 14:271 daqiqa0 koʻrish

Mening xavotirim

Joriy yilda bakalavrga kiriş imtihonlarida korrupsiyaning ildizi keskin qirqildi. Albatta onda-sonda qinğirliklar haqida eşitib turibmiz, ammo bu ötgan yildagilar bilan soliştirganda dengizdan bir tomçi xolos.

Şu sababli taʼlimdagi ayrim insonlarning tuşkun kayfiyatda yurganini aytişmoqda. Ular orasida ayrim OTM rektorlari, oliygohlarning turli darajadagi mansabdorlari ham bor. Buni hayron qoladigan joyi yöq, har yili qaynab turgan qaynar xumça sindi, variantlar kam, borlari ham öta xavfli, oqib keladigan oson pullar endi yöq (şu joyiga «Million» jamoasining «endi u kunlar yöööq» hajviyasi esga tuşdi).

Boz ustiga sirtqi taʼlim uçun ham imtihonlar katta pavilyonlarda böladigan böldi. Murojaat boti orqali kelgan ayrim xabarlarga köra, «sirtqiga javob» deb vaʼda berganlar ham pullarni qaytarib berayotgan emiş (balki miş-mişdir).

Bu xuddi butun hosiliga kasal kelgan dehqonning iztirobiga öxşaydi.

Ammo, lekin, biroq... Meni bir narsa xavotirga solmoqda. Bu ham bölsa magistratura va keçki taʼlim imtihonlari.

Keçki taʼlim mayliyu, lekin nimagadir ayniqsa magistratura jiddiy xavf ostida degan xavotirim kuçli. Özi şu çoqqaça ham magistratura doim soyada qolardi, oldindan tasdiqlangan röyxatlar kirardi. Endi bu yil bakalavrning alamini ham magistraturadan olişmasa deb qörqaman.

Bunday bölmasin deb, niyat qilamiz. Afsuski joriy yilda aniq nazorat mexanizmi yöq. Insofni rektorlarni öziga bersin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek