Qurbon hayiti va Mustaqillik bayramidagi dam oliş kunlari

Matn8-avgust, 2018, 20:012 daqiqa0 koʻrish

​​Avgust-sentabr oylari uçun dam oliş kunlari haqida Kun.uz saytida çiqqan maqolamdan söng, deyarli barça naşrlar şu haqida maʼlumot berişni boşladi (afsuski köpçilik manba körsatmasdan, şunçaki matnni köçirişdi xolos).

Biroq ayrim naşrlar dam oliş kunlari haqidagi maʼlumotlarni berayotganda faqat haftasiga 5 kun işlovçi xodimlarga möljallab yozişmoqda. Vaholanki, bu unçalik ham töğri emas. Bu xalqni çalğitadi. Yoritganga yaraşa, 6 kunliklar haqida ham aytib ketiş kerak. Çunki ular bir-biridan farqlanadi.

Qurbon Hayiti arafasida dam oliş quyidagiça böladi:

5 kunliklarga (ketma-ket 3 kun dam oliş):

22-avgust, çorşanba - Qurbon Hayitining taxminiy sanasi;
23-avgust, payşanba - köçirilgan dam oliş kuni;
24-avgust, juma - köçirilgan dam oliş kuni;
25-avgust, şanba - iş kuni;
26-avgust, yakşanba - iş kuni.

6 kunliklarga (ketma-ket dam oliş kunlari yöq):

22-avgust, çorşanba - Qurbon Hayitining taxminiy sanasi;
23-avgust, payşanba - iş kuni;
24-avgust, juma - köçirilgan dam oliş kuni;
25-avgust, şanba - iş kuni;
26-avgust, yakşanba - iş kuni.

Mustaqillik bayrami arafasida dam oliş quyidagiça böladi:

5 kunliklarga (ketma-ket 5 kun dam oliş):

31-avgust, juma – qöşimça dam oliş kuni;
1-sentabr, şanba – Mustaqillik bayrami;
2-sentabr, yakşanba - dam oliş kuni;
3-sentabr, duşanba – köçirilgan dam oliş kuni;
4-sentabr, seşanba – köçirilgan dam oliş kuni.
Izoh: 8 va 15-sentabr – şanba kunlari 5 kunlarga rasman iş kuni böladi.

6 kunliklarga (ketma-ket 3 kun dam oliş):

31-avgust, juma – qöşimça dam oliş kuni;
1-sentabr, şanba – Mustaqillik bayrami;
2-sentabr, yakşanba - dam oliş kuni;
3-sentabr, duşanba – iş kuni;
4-sentabr, seşanba – iş kuni.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing