Qurbon hayiti arafasida dam oliş kunlari qanday böladi
Dam oliş kunlari endi qanday böladi?
Agar Qurbon Hayiti bayrami haqiqatdan 21-avgust sifatida Prezident qarori bilan rasman eʼlon qilinsa, unda bayram arafasidagi dam oliş kunlarida tuşunarsiz holat vujudga keladi.
Çunki 2017-yil dekabrda Hukumat Qurbon hayitini taxminan 22-avgust (çorşanba) sifatida möljallab, şanba va yakşanba (25-26) kungi dam oliş kunlari payşanba-juma (23-24) kunlariga köçirgan edi. Natijada şanba-yakşanba barça uçun iş kuni bölgandi.
Biroq hozirgi holatda 21-avgust Qurbon Hayiti bölsa, unda Hayit bayrami ketma-ket dam oliş kunlariga ulanmaydigan bölib qoladi. Qurbon Hayitidan 1 kun oldin ham iş kuni, 1 kun keyin ham iş kuni.
Endi nima böladi?
Dam oliş kunlariga bağişlangan maqolamda (https://kun.uz/54543341) xuddi şu vaziyatni taxmin qilgan edim. Şaxsiy fikrimça, bunday vaziyatda fuqarolarga qulaylik yaratiş maqsadida Qurbon Hayitining birinçi kunini belgilaş töğrisidagi Prezident Qarorida ayni bir paytda dam oliş kunlarini köçiriş masalasi ham nazarda tutilsa kerak, yaʼni 24-avgust (juma)ga köçirilgan dam oliş kuni mos ravişda 22-avgust (çorşanba)ga köçirilişi mumkin.
Töğri, garçi bunday vaziyatda Hayit munosabati bilan 5 kunliklar uçun ketma-ket uç kunlik dam oliş paydo böladi (21-22-23 avgust). Lekin bunda bitta masala bor. Kelgusi haftada butun özbekistonliklar 7 kun (24-30-avgust) ketma-ket işlaşiga töğri kelib qoladi.
Öta şaxsiy fikrimça, hozirgi tuşunarsiz holatdan çiqişning oson va qulay yöli, 26-avgust yakşanbadagi dam oliş kunini orqasiga qaytarib, 18 yoki 25-avgust şanbadagi dam oliş kunidan bittasini 20-avgust duşanbaga köçiriş kerak. Şunda 5 kunliklar 19-20-21 avgustda uç kun ketma-ket dam oladi. Baribir 6 kunliklarni ketma-ket uç kun dam oldiriş imkoni yöq, buni yaxşi bilamiz. Şunday ekan, 6 kunliklarning dam oliş kunlarini özgartirmasdan, faqat şanba kunini köçiriş orqali tuşunarsiz holatni yeçiş mumkin.
Ammo bu taklifni bir kamçilik tomoni dam oliş kunlari Hayitning 3 kuniga töğri kelmay qoladi. Hayitning 3 kuniga dam oliş kunlari töğri kelişi uçun, öşa yuqorida aytganimday juma kunidagi dam olişni çorşanbaga köçiriş va keyingi hafta 7 kun ketma-ket işlaş varianti. Yoki yana bitta variant bor: yakşanbani öz örniga qaytarib, 18-avgust şanba kunigi dam olişni 22-avgust çorşanbaga köçiriş. Şunda 21-22-23 avgust kunlari, yaʼni Hayitning dastlabki 3 kuni 5 kunliklar uçun dam oliş böladi.
Yana ham bu mening şaxsiy fikrlarim xolos. Aniq va rasmiy qarorni Prezident çiqaradi. Kutamiz...
Quyida Hayit kuni arafasidagi dam oliş kunlarining hozirgi holati aks etgan kalendarni körişingiz mumkin. Lekin buning özgariş ehtimoli juda yuqori.
Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/xushnudbek


