Magistraturaga kirişdagi korrupsiya böyiça sörovnoma

Matn18-mart, 2019, 17:552 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

​​Magistraxaltura

Kanalimda ötkazilgan sörovnoma natijalari haqida ikki oğiz.
“Sizningça magistraturaga kiriş imtihonlari adolatli ötadimi?” deya berilgan savolga 1 ming 166 kişi ovoz berdi.

74% yoki 888 kişi “korrupsiya uyasiku” deya javob qaytardi.
14% yoki 172 kişi “nohaqlik köp” degan variantni tanladi.
Atigi 5% yoki 70 kişi “adolatli ötadi” deya işonişgan.
Va nihoyat sörovnomada qatnaşganlarning 4% i yoki 57 kişi “ahvol juda yomonmas” deya taʼkidlaşgan.

Şu örinda yurtimizda eng işonçli sörovnomalar ötkazişi bilan maʼlum va maşhur hamda raqamlar ortidan möjiza yaratadigan “Ijtimoiy fikr” jamoatçilik fikrini örganiş markazi ötkazgan sörovnomalar bilan ham qiziqib kördim. Ularda ham örtaça 1000-1100 kişi qatnaşarkan.

Demak, ming kişidan köproq inson ovoz bergan sörovnoma natijasini jiddiy qabul qilsak böladimi?

Taʼlim tizimidagi rahbarlarimizga magistraturaga kiriş imtihonlarida ahvol öta açinarli darajada ekanligini anglaş uçun xalqning 74 foizi korrupsiya uyasi ekanligini taʼkidlayotgani yetarli emasmi? Yoki “dalil bölmasa, işonmaymiz, bizda hammasi yaxşi”, deyişarmikin?

Menga eng alam qiladigan joyi toki şu masalani ham Prezidentimiz kötarib çiqmagungaça, özlari boş-qoş bölib, tizimni özgartiriş haqida jon kuydirmagungaça, hamma kutadi. Közi kör, quloği kar bölib yuraveradi. Qaçon davlat rahbari “magistraturalarga kirişni ham tartibga solaylik” deganidan keyin birdan hammasi uyğonib, “Közimiz endi oçildi”, “Haqiqatdan ayb bizdan ötdi”, “Özimiz şu çoqqaça rağbatlantiribmiz”, “Bizga master-klass körsatdingiz”, "Magistraturani özim otaliqqa oldim" deyişni boşlaydi. Ungaça jimmmmm-jit, imi-jimida yuraveradi. Qinğirliklar urçib ketganini bilmaydi deysizmi? Biladi, şunaqangi biladiki...

Bolta tuşgunça, kunda dam oladi, degani şu bölsa kerak.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek