Farzand tuğilganda beriladigan suyunçi puli tartibi

Matn18-mart, 2019, 11:492 daqiqa0 koʻrish

#Bilasizmi

Farzandli bölganda davlat tomonidan suyunçi puli beriladimi?

JAVOB: Ha, beriladi. Faqat qonunçilikda bu «suyunçi puli» deyilmaydi, balki «bir martalik nafaqa» deb ataladi.

Mehnat kodeksining 287-moddasiga binoan, bola tuğilganda bir yöla beriladigan nafaqa tölanadi.

Davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça nafaqalar tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomda (Adliyadan 1136-son bilan röyxatdan ötkazilgan) bunday nafaqani tölaş tartibi bayon qilingan.

➖ Bola tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa eng kam oylik iş haqining ikki baravari miqdorida beriladi (18.03.2019-yil holatiga 405 ming 460 söm).

➖ Agar mabodo egizak farzandlar tuğilsa, unda har bir bolaga şunça miqdordan tölanadi.

➖ Iş haqiga koeffitsiyent qöllaniladigan tumanlarda nafaqa uşbu koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

➖ Bir narsa muhimki, bunday bir martalik nafaqa barça bolalarga tölab beriladi. Faqat ota-onasining işlaş yoki işlamasligiga qarab, uşbu nafaqani beradigan joylar özgaradi. Yaʼni:

👉 işlayotgan ayollarga, hamda işlab çiqarişdan ajralgan holda oliy, örta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegişliça iş yoki öqiş joyidan tölanadi;

👉 bolaning onasi işlamaydigan va öqimaydigan hollarda nafaqa bolaning işlaydigan yoki işlab çiqarişdan ajralgan holda öqiydigan otasi yoki ota-ona örnini bosuvçi şaxslarga tölanadi;

👉 işlamaydigan va öqimaydigan ota-onalarga bola tuğilganda nafaqa ijtimoiy taʼminot bölimlari tomonidan tayinlanadi va tölanadi.

➖ Farzandlikka olingan bolalarga ham bola tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.

➖ Bola tuğilganda beriladigan nafaqadan daromad soliği uşlanmaydi.

➖ Bola ölik tuğilgan hollarda nafaqa tölanmaydi.

❗️Muhim: bu davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy nafaqa. Agar korxona va taşkilotning jamoa şartnomasida farzand dunyoga kelganligi uçun alohida qöşimça mukofot nazarda tutilgan bölsa, unda nafaqaga qöşib, öşa mukofot ham berilişi mumkin. Bunisi qonunlarda aniq belgilab qöyilmagan, har bir korxona özining moddiy imkoniyatidan kelib çiqib, mukofot beriş yoki bermaslikni özi belgilaydi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek