Sarvar Otamurodov Madaniyat vazirligini tanqid qildi
«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi markaziy kengaşi raisi Sarvar Otamurodov bilan kiçik suhbat ÖzAda eʼlon qilinibdi. Unda qiziq gaplar bor. Xususan, partiya rahbari madaniy meros obyektlari böyiça quyidagi fikrlarni bildirib ötgan:
– Ötgan yili biz respublika böyiça madaniy meros obyektlarini inventarizatsiya qildik, – dedi S.Otamurodov. – Aslida bu işni Madaniyat vazirligi qilişi kerak edi. Ular byudjetdan bu iş uçun pul oladi, ammo qilmagan. Vazirlik qayerda nima joylaşganini ham yaxşi bilmaydi, madaniy meros obyektlari joylaşuvi böyiça bergan maʼlumotlarning 30-40 foizi notöğri, obyektlarning baʼzilari buzilib ketgan.
Vazirlik maʼlumotiga qarasak, respublikada taxminan 7480 ta obyekt bor, aslida ular 6975 ta. Qolganlari-çi? Yöq, joyi tep-tekis, asfalt yotqizilgan yoki umuman buzilib ketgan. Bundan taşqari, 370 ta yangi madaniy obyektni aniqladik. Bu yil hukumatga masala qöydik, bu işlar uçun avval ajratilayotgan 50 milliard pulni 67 milliardga çiqardik. Mahalliy budjet xarajatlaridan ortgan pulning bir qismini mazkur muammolarni hal etişga yönaltiriş böyiça qaror qabul qildik.
S.Otamuradovning taʼkidlaşiça, baʼzi madaniy meros obyektlarining kadastr hujjati yöq, davlat muhofazasiga olinmagan. Misol uçun, Surxondaryo viloyatida joylaşgan XVI-asrda qurilgan qadimiy Abdulazizxon madrasasini omborxona qilib qöyişgan. Partiyamiz vakillari bilan bu hududni topib, örganib, rasmlar, xulosalarni Madaniyat vazirligiga topşirdik, hozirda bu borada işlar olib borilmoqda. Yil oxirigaça bu muammo hal etilişi kerak – dedi u.
P.S.: qiziq, bu tanqidiy fikrlarga Madaniyat vazirligi qanday izoh berarkina? Agar byudjetdan ajratilgan pul maqsadli sarflanmagan bölsa, unda bu mablağlar qayoqqa ketgan? Kimdir javob berişi kerakku bunga.
Qani, voqealar rivojini kuzataylikçi. Özini hurmat qilgan vazirlik bunday tanqidlarga tezda munosabat bildirişi kerak har holda.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


