Magistratura imtihonlaridagi adolatsizliklar va muammolar
Eski tos, eski hammom
Doimiy kuzatib boruvçi muştariylarimiz yaxşi bilişadi, magistratura imtihonlaridagi adolatsizliklar haqida köp bora gapirganmiz. Masalan:
2018-yil 31-mayda «Soyadagi magistratura» nomli maqola;
2018-yil 1-iyunda «Magistraxaltura» nomli post;
2018-yil 9-avgustda «Mening xavotirlarim» nomli post;
2019-yil 18-martdagi «Yo çikka, yo pukka» nomli post va h.k.
Ularda tizimni adolatli qiliş uçun deyarli heç narsa qilinmayotgani, afsuski magistratura imtihonlari katta dalada yolğiz, himoyasiz qolib ketgan, atrofi töla, börilaru qaşqirlar bölgan qöziçoqqa öxşab qolgani va mutasaddilardan bu yilgi imtihonlarni adolatli ötkaziş uçun keskin çoralar körişlarini söragandim.
Ammo joriy yilda ham eski tos, eski hammom böldi. Magistratura imtihonlarining adolatli ötişi böyiça aytarli amaliy iş qilinmadi. Qilingan bölsa ham buning natijasi sezilmadi.
Töğri, umumiy olganda magistraturaga oid ayrim quvonarli özgarişlar böldi, buni eʼtirof etmasak noxolislik böladi.
• Masalan, eng katta ijobiy özgariş joriy yildan boşlab magistraturaga faqat turdoş yönalişlarni bitirgan bakalavrlar hujjat topşira olişiga oid taqiq bekor qilingani böldi. Ammo qabul jarayonida kördikki, köplab OTMlar bu özgarişni tan olmay, “begonalar”ni yaqinlaştirgisi kelmadi;
• Bundan taşqari joriy yildan magistraturada davlat granti böyiça kvotalar soni keskin oşirildi, ayrim yönalişlarga töliqligiça davlat granti böyiça joy ajratildi;
• OTMlarga magistraturaga bazaviy tölov-kontrakt (yaʼni odatiy kontraktdan qimmat bölmagan) böyiça qöşimça kvotaga magistrlarni qabul qiliş huquqi berildi;
• Magistratura uçun imtihonlar soni qisqarib, faqat mutaxassilik fani va çet tilidan belgilandi. Ammo şu örinda taʼkidlaş kerak, Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qaroriga özgartiriş kiritişda ham çala iş qilingan. Masalan, Nizomning 15-bandida haligaça Informatika va Özbekistonda demokratik jamiyat quriş nazariyasi fanlaridan test topşirilişi haqida qoida turibdi. 14-bandni özgartirib, bunisi esdan çiqib qolgan.
Ammo yuqorida sanalganlarning barçasi imtihonlarni adolatli ötkazişga yordam beradigan özgarişlar emas, bularning mazmuni umuman boşqa.
Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi magistratura imtihonlarini adolatli ötkaziş uçun nima yangiliklar qildi? Sanab bera oladimi? Birinçidan, ikkinçidan, uçinçidan deb qilgan işlari haqida xalqqa hisobot bersin. Qani, bilaylik, nima innovatsion özgarişlar, qanday yangi tartiblar joriy qilişibdi.
Agar qilişgan bölsa, unda nima uçun magistratura qabuli yuzasidan yuzlab eʼtirozlar bölmoqda? Nima uçun haligaça imtihon natijalari rektoratda sönggi daqiqalarda özgarib ketayotgani, akt qilinganlar yakunda eng baland ball bilan öqişga kirayotgani, abituriyentlar bemalol şpargalkalardan foydlanişgani, har doimgidek kiradiganlar röyxati oldindan tasdiqlangani haqida şikoyat qilişmoqda? Şamol bölmasa daraxtning uçi qimirlamasa kerak har holda.
Eng qiziği OTMdagi “uddaburonlar” bu borada judaaaa pixini yorib ketgan. Masalan, bilimli abituriyentga atayin yaxşi ball qöyib, “rektor röyxatidagilarning” balini undan ham ança oşirib qöyişadi. Apellyatsiyaga borsangiz, “faqat özingizni balingiz uçun şikoyat qila olasiz, boşqalarnikiga haqqingiz yöq. Sizga esa yaxşi ball qöyganmiz, istalgan joyda tekşirtiring” deb turişadi. Tamom. Şu bilan nohaqlikni isbotlab böpsiz!
Nizomda imtihon böyiça natijalar eʼlon qilingandan keyin 24 soat içida apellyatsiya beriş mumkin, deya belgilangan. Lekin natijalar qaçon eʼlon qilinişini Xudo biladi. Rektorat atayin keçki payt yoki şanba kuni keçqurun natijalarni ilib, duşanba kuni borsangiz apellyatsiyani qabul qilmay turaveradi. Bunaqa mantiqsiz qoidadan közlangan maqsad korrupsiya alomatlarini “öraga siçqon tuşdi, guldur-gup” qilişmi?
Eee, gapirsa gap köp, bitta postga siğmaydi.
Xullas, magistratura masalasida bu yil ham deyarli barçasini boy berdik. Keyingi yil nima böladi, hayronman. Hukumatning eng yuqorisidan jiddiy eʼtibor bölmagunça, biror katta ijobiy özgariş bölişiga, şaxsan men işonmayman.
👉 @xushnudbek 👈

