Xudoyberdi To‘xtaboyevning Besh bolali yigitcha asari
Rahmatli Xudoyberdi Töxtaboyev haqida gap ketsa, şubhasiz, «Sariq devni minib» asarini yodga olamiz. Bu asar özbek adabiyotida bestseller darajasiga çiqa olgan, maktab darsligiga ham kiritilgan, badiiy film suratga olingan, Hoşimjon va Sehrli qalpoqça trendga aylangan.
Uning mantiqiy davomi bölgan «Sariq devning ölimi» hamda «Şirin qovunlar mamlakatida» asarlari ham bor.
Lekin Xudoyberdi Töxtaboyev ijodidagi «Beş bolali yigitça» asarini, şaxsan men heç ikkilanmay, har bir özbek öqişi kerak bölgan TOP-10 asarlar röyxatiga qöşgan bölardim.
Ayniqsa, qiyinçiliklar va hayot taşvişlari oldida darrov taslim böladigan yoşlar bu asarni öqişlari kerak. Sabr-qanoat, matonat, aka-uka, opa-singillariga mehr-muhabbat va özaro ahillik nimaligini bolaligidan tuşunişlari uçun ham farzandlarimizga şu kitobni öqitişimiz zarur.
Bu asarni öqiganda ham miriqib kulasiz, ham böğzingizga nimadir tiqilib yiğlaysiz, yakunda Allohga şukronalar aytasiz.
Balki köpçilik öqigandir, mabodo öqimaganlar bölsa, tavsiya qilaman.
👉 @xushnudbek 👈


