Talabalik davrining qadri va Navröz şodiyonalari

Matn21-mart, 2021, 21:212 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Talabalik davrining qadriga yetiş haqida

Bugun “Humo Arena” majmuasida bölib ötgan Navröz şodiyonalarida qatnaşdim. Tadbirning özi haqida gapirib ötirmayman, TVda körgan bölsangiz kerak. Hozir boşqa narsa aytmoqçiman.

Bayram konsert dasturi vaqtida köpçilik raqsga ham tuşdi, öynaganlarning aksariyati – deyarli barçasi talaba-yoşlar edi.

Masalan, bizning sektorimizda Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalari ötirgan ekan (balki boşqa sektorlarda ham şu OTM talabalari bölişgandir, aniq bilmadim) – rosa maza qilib raqs tuşişdi. Ularning sohasi şu, aşula va raqs öşa talabalarning hayotiga ham aylanadi kelgusida, dersiz. Lekin bizni paytimizda Yuridik institutdan borgan talabalar ham rosa çangini çiqarib öynardik. Aytmoqçimanki, bayram tadbirlarida raqs tuşiş qaysi OTMda öqiyotgani yoki sohasiga köp ham boğliqmas, talaba xalqi borki, qoni qaynoq, şöx-şodon va öyinqaroq böladi.

Bu bir hisobdan töğri ham. Faqat öqiş, öqiş, öqiş demasdan (özi, öqiyaptimi hozirgi talabalar?!), madaniy hordiq çiqarişni ham biliş kerak. Ayniqsa şunaqa tadbirlarda turli komplekslardan qutilib, “odamlar nima deydi, tanişlarim TVda körib qolişsa, kuladi-ku” demasdan, gaziga bosiş kerak. Talabalik payti bölmasa, yana qaçon öynaysiz? Hozir özingizni erkin qöymasangiz, oradan 5-10 yillar ötgaç, xuddi men kabilarga öxşab, özingizdan jiddiy qiyofa yasavolib, nomiga qarsak çalişdan uyoğiga ötolmay qolasiz.

Asli tagini suriştirsangiz, hamma Navröz va Mustaqillik bayramlarida, yoşlar iştirokidagi tadbirlarda, yozgi oromgohlarda örtani bermay tuşgan raqslarimizning videosi çiqib ketsa, hozirgi TikTokçilar uni oldida holva bölib qoladi 🤦‍♂️ Şunçaki biz talabalik davrimizni, öyinqaroq yoşligimizni unutdik xolos, öşançun közimizga bugungi yoş avlod baloning öqiday körinadigan bölib qoldi.

Hurmatli talabalar, yoşlar! Şablonlardan qoçing, komplekslarni sindiring, stereotiplarni parçalang, erkinlikka intiling. Faqat birgina mantiqiy odob-axloq meyorini unutib qöymasangiz böldi, boşqa jihatlarda özingizni sira çeklamang.

Iymanib yaşama, xayol pinjida... (s)

P.S.: quyidagi rasm bugun ÖzA tomonidan eʼlon qilingan 20 yillik Navröz bayramiga oid arxiv suratlardan olindi. 2010-yildagi uşbu rasmning asosiy planida Yuridik institut talabalari – Fotima va Zuhra. Biz öşa yili bitiruvçi kurs edik, taxminan şu atrofda ötirgan bölişimiz kerak. Balki, pastdagi maydonda kursdoşlarimiz bilan raqs tuşib yotgandirmiz öşa payt, kim bilsin 😃

ÖzAdagi boşqa arxiv fotolar bu yerda: https://uza.uz/uz/collection/1692

Barçaga yana bir bor Navröz muborak bölsin!

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek