Rossiya xorijlik talabalar uçun çegaralarni oçdi
Epidemiologik vaziyat barqaror mamlakatlardan keladigan talabalar uçun Rossiyaga yöl oçildi
Rossiya hukumati xorijlik talabalarning kunduzgi şaklda öqiş uçun mamlakatga kirişlariga ruxsat beruvçi farmoyişni tasdiqlagani maʼlum qilindi.
16-mart kuni tasdiqlangan hujjatga köra, Rossiyaga barça xorijlik talabalar emas, balki faqat epidemiologik vaziyat barqaror mamlakatlardan keladigan talabalar kirişlari mumkin.
Bunday davlatlar röyxati hozirça maʼlum emas, lekin tez orada Rossiyaning fan va taʼlim vazirligi tasdiqlaydi va eʼlon qiladi.
Xorijlik talabalar Rossiyaga kelişidan kamida 10 kun oldin elektron poçta orqali keladigan sanasi va kesib ötadigan çegara punkti haqida universitetdagi kuratorini ogohlantirişi lozim.
👉 @xushnudbek 👈


