Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Yangi öquv yili anʼanaviy şaklda boşlanişi örganilmoqda

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

❓Yangi öquv yili anʼanaviy (oflayn) tarzda boşlanadimi?

Bu haqda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi bayonot berdi.

Unda aytilişiça, ayni kunlarda vazirlik tomonidan OTMlarning pandemiya şaroitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda taʼlim jarayonini anʼanaviy (oflayn) tarzda taşkil etiş böyiça tayyorgarlik holati örganilmoqda.

Örganişlar natijasiga köra tegişli maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. OTMlarda taʼlim jarayonini taşkil etiş yuzasidan yakuniy xulosa tasdiqlangandan söng, vazirlik sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali rasmiy tarzda eʼlon qilinadi.

Şu örinda, vazirlik talabalarni pandemiya şaroitida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilişlarini, ularning ota-onalari ham farzandlari soğliğiga masʼuliyat bilan qaraşlari va, albatta, vaksinatsiya jarayonida faol iştirok etişlarini sörab qoladi.

«Emlaş talabalarning özlari hamda professor-öqituvçilarning ham soğ-salomat bölişini taʼminlaydi», - deyiladi bayonotda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek