Özbekistonlik talabalar uçun Rossiyaga kiriş çeklovlari
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganÖzbekistonlik talabalarga Rossiyaga kiriş bilan boğliq çeklovlar saqlanib qolmoqda
Bu haqda Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi maʼlum qildi.
Axborotda aytilişiça, Rossiya Ilm-fan va oliy taʼlim vazirligi tasdiqlagan röyxatga binoan, Rossiyaga öqiş uçun 25 mamlakat fuqarolari kirişi mumkin. 2021-yil 23-mart holatiga köra, Rossiya taʼlim muassasalarida öqiyotgan Özbekiston fuqarolari uçun Rossiyaga kiriş bilan boğliq çeklovlar saqlanib qolmoqda.
25 ta davlat quyidagilar: Armaniston, Abxaziya, BAA, Belarus, Vyetnam, Gretsiya, Janubiy Koreya, Janubiy Osetiya, Kuba, Maldiv orollari, Misr, Ozarboyjon, Seyşel orollari, Serbiya, Singapur, Tanzaniya, Turkiya, Finlyandiya, Şveysariya, Efiopiya, Yaponiya, Qatar, Qirğiziston, Qozoğiston, Hindiston.
«Özbekiston fuqarolari Rossiyaga kirişi uçun oçiq davlatlar röyxatiga kiritilgan taqdirda, bu haqida qöşimça maʼlumot taqdim etiladi», - deyiladi Elçixona axborotida.
👉 @xushnudbek 👈