Özbekistonlik talabalarning Rossiyaga kirişi çeklangan
Özbekistonlik talabalar Rossiya hududiga tösqinliksiz kiriş huquqiga ega fuqarolar toifasiga kirmaydi
Bugun - 8-fevraldan Rossiya taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi oliy öquv yurtlarida kunduzgi öqiş jarayoni boşlanişi maʼlum qilindi. Şu munosabat bilan Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi RFda tahsil oluvçi özbekistonlik talabalarga eslatma bilan çiqdi.
«Hozirgi vaqtda Rossiya oliy öquv yurtlarida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar Rossiya Federatsiyasi hududiga tösqinliklarsiz kiriş huquqiga ega fuqarolar tasnifiga kirmaydi. Rossiya xalqaro aeroportlariga çarter reyslari bilan kelgan Özbekiston fuqarolari çegarani kesib ötişda va tasdiqlovçi hujjatlar yuzasidan muammolarga duç kelişlari mumkin», - deyiladi vazirlik maʼlumotida.
Şu bilan birga, elçixona şubhali şaxslarning taʼsiriga tuşib, aldanib qolmaslik uçun oliy öquv yurtlari xalqaro bölimlari bilan doimiy ravişda aloqada bölib turiş va çegaralar oçilgunga qadar masofaviy taʼlimni davom ettirişni söragan.
👉 @xushnudbek 👈



