Deputatlar yöl harakati qoidalarini yengillaştirişni körib çiqmoqda
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganDeputatlar qonun loyihasini körib çiqmoqda: maşinada Bluetooth orqali telefonda gaplaşişga va monitorga ruxsat. “Prava”siz haydaş huquqi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Qodir Jörayevning xabar berişiça, “Adolat” SDPning fraksiyasida MJtKga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun loyihasi muhokama qilingan.
✅ Loyihada quyidagilar taklif qilinmoqda:
➖ haydovçilik guvohnomasi, "tex pasport", suğurta polisi kabi hujjatlarni yonida olib yuriş talabini bekor qiliş;
➖ transport vositasini boşqariş vaqtida haydovçilarga bluetooth, quloqçin kabi qölni band qilmaydigan aksessuarlardan foydalangan holda telefonda gaplaşişga ruxsat beriş;
➖ transport vositasi salonining old qismiga monitor örnatganlik uçun javobgarlikni bekor qiliş;
➖ tezlikni oşirib yuborganlik uçun radarlar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib taşlagan holda javobgarlikka tortiş (hozirda faqat eng minimal tezlikdan ayiriladi, keyingi poğona yuqori tezlikda ayirilmaydi).
Eʼtiborli tomoni, Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan uşbu qonun loyihasiga deputatlar tezlikni oşirganlik uçun jarimani kamaytirişni ham taklif qilişibdi. Aniqroği, deputatlar belgilangan tezlikni 20-40 km/soatga oşirganlarga jarimani amaldagi BHMning 5 baravaridan 3 baravariga tuşirişmoqçi ekan. Xuddi şu taklifni "Adolat" SDPdan taşqari, XDP fraksiyasi ham kiritibdi.
❗️Yuqoridagi hamma özgariş töğri, lekin tezlikni oşirganlik uçun jarimani kamaytirişga mutlaqo qöşilmayman. 70 belgilangan joyda 110 tezlikda kelsa, atigi 810 ming söm jarima qöllanişi notöğri. Bu axir katta tezlik, qançadan qança odamning umriga zomin bölişi mumkin.
Ruxsatsiz tonirovka heç kimga ziyon qilmasa ham salkam 7 mln sömdan 11 mln sömgaça jarima belgilangan bir paytda yuzlab odamlar ölimiga sabab böladigan yuqori tezlik uçun jarimani kamaytiriş mantiqsizlik (ahmoqlik deyişga istihola qildim). Xöp, tuşundik, deputatlarni tonirovka masalasiga "tişi ötmaydi", bu joyga kelganda ular kör va karga aylanib qoladi, lekin tezlikni oşirganlik uçun jarimani kamaytirişga balo bormi, hayronman? Böladigan işni qilsanglarçi...
👉 @xushnudbek 👈





