Homilador ayolni qabul qilmagan ikki mansabdor işdan olindi
Homilador ayol propiskasi yöqligi sabab tuğruqxonaga qabul qilinmagani uçun 2 mansabdor işdan olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda homilasi yetilib, tuğruq oğriqlari boşlangan ayol Toşkent şahridagi 1-son tuğruq kompleksiga propiskasi yöqligi bois qabul qilinmagani haqida video tarqaldi.
Aniqlanişiça, Samarqand viloyati, Iştixon tumanida doimiy röyxatda turib, hozirda Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida istiqomat qilib kelgan homilador ayol 29-aprel tonggi:
❗️ 04:25da Toşkent şahar 1-son tuğruq kompleksiga olib kelingan. Navbatçi şifokor ayolni körikdan ötkazib, “Homiladorlik 1, 41-xafta. Tuğruqning 1-davri latent fazasi” taşxisini qöygan. Navbatçi şifokor, ayolni dislokatsiya böyiça Yangiyöl tumani tuğruq kompleksiga yoki Toşkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasidagi tuğruq bölimiga borişni tavsiya qilgan.
❗️ soat 05:40da ayol tez tibbiy yordam maşinasida Toşkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi tuğruq bölimiga olib borilgan;
❗️ soat 7:40-da ayolning közi yorgan va qiz farzand dunyoga kelgan.
Uşbu vaziyat yuzasidan özi masʼul bölgan yönalişda şunday salbiy holatlarning oldini oliş çoralarini körmagani uçun Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boş boşqarmasi boşliğining onalik va bolalikni muhofaza qiliş hamda reproduktiv salomatlik böyiça örinbosari R.Haitbayeva va tuğruq kompleksi boş şifokori R.Alimjanovalar egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.
Maʼlumot uçun:
✅"Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida"gi qonunning 24-moddasiga köra bemor tibbiy yordam sörab murojaat qilgan va tibbiy yordam olayotgan paytda şifokorni va davolaş-profilaktika muassasasini tanlaş huquqiga ega.
✅ MJtKning 59-1-moddasiga köra, hayoti yoki soğliği uçun xavfli holatda bölgan şaxsga tibbiyot taşkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq şoşilinç va (yoki) keçiktirib bölmaydigan tibbiy yordam körsatişi kerak bölgan şaxs tomonidan şunday yordam körsatişni asossiz ravişda rad etiş:
➖ fuqarolarga – 735 ming sömdan 1 mln 225 ming sömgaça;
➖ mansabdor şaxslarga – 1 mln 225 ming sömdan 2 mln 450 ming sömgaça jarima solişga sabab böladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2


