Ivan Golunov ozod qilindi: jamoatçilik nazoratining kuçi

Matn11-iyun, 2019, 22:052 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Muhrim yozyapti:

«Rossiyaning ilğor fikrlovçi jamoatçiligi faolligi (köproq — jurʼati, jasorati) sabab bir jurnalist asossiz ayblovdan, nohaq jazodan qutqarildi — Ivan Golunov uy qamoğidan ozod qilinişi (u uç kun avval uy qamoğiga hukm qilingan edi), undan barça ayblovlar olib taşlanişi eʼlon qilindi (uni narkotiklar savdosida ayblaşayotgandi, politsiya: «Biz uni uç oydan beri kuzatayotgandik», degandi).

Bu voqeani boşidan (u 6-iyun kuni qölga olingan, bu haqda 7-iyunda maʼlum bölgan) oxirigaça (bugun) kuzatib çiqing, vaqt bölganida. Havasing ham keladi — yuzlab, minglab odamlarning bir odam himoyasiga bunday şaylanişini körib; bir-biriga raqobatçi gazetalar bir odam himoyasi uçun tarixda ilk bor bir kunda bir xil muqova bilan çiqişini körib. Qadrli, lekin davlat qadrlamagan, hatto ezğilamoqçi bölgan odam jamiyat tomonidan baribir qadrlanişini körib. Keyin içingdan bir qirindi ötadi...

Şu vaqtgaça Golunovning suriştiruvlarini öqimagan ekanman (öqigan bölsam-da, muallifiga eʼtibor bermagan-ov). Keça Rossiya madaniyat vaziri Medinskiy qanday qilib döst-u birodarlarini madaniyat sohasidagi köpdan-köp taşkilotlarga rahbar qilib qöygani, qanday qilib davlat pulini yeb taşlayotgani haqida suriştiruvini öqib çiqdim. Dahşatli suriştiruv. Qolganlari ham şunaqa bölsa kerak. Bunaqa suriştiruvlarni körgan har qanday jinoyatçi amaldor Golunovni qamagisi, iloji bölsa... yöq qilgisi kelişi tabiiy.

Golunov uçun xursand bölsa arziydi, Rossiyaga esa hatto havas qilsa böladi bugun — vijdonli bir vatandoşi himoyasi uçun qörqmay maydonga çiqa oladigan, şu bilan hokimiyat egalarini tartibga çaqirib qöyadigan farzandlari hali bor ekan bu mamlakatning. Yodingizda bölsin, Golunov himoyasini Tramp maʼmuriyati, «ukrainalik millatçilar» yoki «Ozodlik» uyuştirgani yöq. Hammasini Çölponning maşhur şeʼridagi xalq qildi. Qoyilman».

Post tugadi.

P.S.: Men ham qoyilman. «Jamoatçilik nazorati hamda OAVning kuçi» degan mavzu böyiça darsliklarga kiritsa böladigan voqea böldi lekin. Havas qilsa arziydi. @meduzalive kanalida voqeaning deyarli barça tafsilotlari bilan tanişişingiz mumkin. Rossiyalik jurnalistlar ğalabadan sarmast. Ular bunga haqli.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek