Bojxona tölovlarini undirişning soddalaştirilgan tartibi
Manba:Huquqiy axborot
Bojxona tölovlarini undirişning soddalaştirilgan tartibi joriy etiladi
“Jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyojlari uçun tovarlarni olib ötiş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida” Prezident qarori (PQ–4508-son, 07.11.2019 y.) qabul qilindi.
✅ Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan:
👉 notijorat maqsadlar uçun Özbekistonning Davlat çegarasidan ötiş punktlari orqali qöl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kirayotgan jismoniy şaxslar uçun, şuningdek, jismoniy şaxs nomiga xalqaro poçta va kuryerlik jönatmalari orqali keladigan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, qöşilgan qiymat soliği va aksiz soliği örniga yagona bojxona tölovini tölaşni nazarda tutuvçi bojxona tölovlarini undirişning soddalaştirilgan tartibi joriy etiladi;
👉 jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyojlari uçun bojxona çegarasi orqali qöl yukida, kuzatib borilayotgan bagajida, şuningdek, poçta jönatmalari orqali olib kiriladigan hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlarida işlab çiqariş örovining majburiy mavjudligi töğrisidagi talab örnatiladi.
Şuningdek, yagona bojxona tölovi bojxona tölovlari undirilmaydigan tovarlarni jismoniy şaxslar tomonidan respublikaga olib kirişning çeklangan meyorlaridan ortgan taqdirda, Taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib çiqiş mamlakatidan qatʼi nazar tovarlarning barça toifalari böyiça bojxona qiymatidan kelib çiqqan holda, çeklangan meyorlardan ortiq qismiga nisbatan undiriladi.
✅ Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
👉 tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrami uçun 3 AQŞ dollaridan kam bölmagan miqdorda yagona bojxona tölovi stavkasi;
👉 Jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyojlari uçun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlar röyxati.
Kanalga ulaniş👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
